Prezident Obama Yevropaga bir milliard dollarlik va’da bilan bordi - Markaziy va Sharqiy Yevropada AQSh harbiylari sonini oshirish va ularni kuchaytirish uchun.
Yevropa Ittifoqining xavfsizligi va ravnaqi Amerika uchun bag'oyat muhim.Global masalalarga yechim izlashda, deydi prezident Barak Obama, Vashington hamisha Yevropa bilan maslahatlashadi va kelishib ish tutadi.
Yaqin Sharqdagi nizolar, Afg'oniston va Ukraina masalasini ham bir yoqadan bosh chiqarib ishlaymiz, deydi u.
Prezident Obama Yevropaga bir milliard dollarlik va’da bilan bordi - Markaziy va Sharqiy Yevropada AQSh harbiylari sonini oshirish va ularni kuchaytirish uchun.
“Bu yerga kelishdan maqsad, siz, Polsha xalqiga va qo’shni davlatlarga shuni aytishki, biz xavfsizlikni mustahkamlash yo’lida siz bilan hamisha yonma-yonmiz va buni burch deb bilamiz”,- deydi Obama.
Aprel oyida AQSh Polshaga bir necha yuz askar yubordi. Lekin Polsha hukumati Amerikadan kamida 10 ming harbiy u yerda doimiy turishini so’ragan. Vashington rozi.
Polsha prezidenti Bronislav Komorovski deydiki, Rossiya tahdidi real va unga munosib javob berishga tayyor turmoq lozim.
Prezident Obama hech kim Rossiya bilan urushishni istmaydi deydi.
“Biz Rossiya bilan yaxshi aloqada bo’lishni xohlaymiz. Rossiyaga tahdid solmoqchi emasmiz. Rossiya o’z manfaatlarini himoya qilishga haqli, buni tan olamiz. Chegaralari va tarixi Ukraina bilan bog’liq ekani hammaga ayon”.
Lekin, deydi Obama, Rossiya Ukrainani beqarorlashtirmoqda. AQSh shu bois sanksiya qo’ygan va yana qo’yishi mumkin.
Polshada kommunist boshqaruvga barham berilganiga 25 yil bo’ldi. Obama shu munosabat bilan kechgan tadbirlarda qatnashdi. Vladimir Putin rahbarligidagi Rossiyani sovetcha mentalitetda aybladi.
“Katta davlatlar kichiklarini qo’rqitishga haqli emas. Bunga yo’l qo’ymaslik kerak. Qurol va yuziga niqob taqqan odamlar orqali boshqa davlat binolarini egallab ololmaysiz. Bir imzo bilan qo’shni davlatning bir parchasini o’zingizniki qilib olishga haqqingiz yo’q. Shu bois biz Rossiya Qrimni egallab olganini tan olmaymiz. Rossiya Ukraina suverenitetini buzdi. Erkin davlatlar Rossiya provokatsiyasiga qarshi birgalikda chora ko’rmoqda. Bu Rossiyani yakkalatadi va unga qimmatga tushadi”, - deydi Obama.
AQSh rahbari fikricha Polsha kommunistik tuzumdan demokratiyaga ishonch bilan qadam qo'ygan jamiyatdir.
"Siz erkin saylovlar o'tkaza oldingiz. Xalq irodasiga qarab ish tutdingiz. Albatta, demokratik jamiyat qurish uchun saylovning o'zi yetmaydi. Haqiqiy demokratiya, farovonlik va xavfsizlik mashaqqatli mehnatdir. Ularni siz uchun birov yaratib bermaydi. Uni hamma o'zi uchun o'zi qurishi kerak. Jarayonni odamlar erkin muhokama qilib, muammolarga o'zlari yechim izlay olishi lozim. Menimcha, Polshada mana shu zarur qadamlar qo'yildi",- deydi Obama.
"Demokratiya kuchini bu yerda sezmay iloj yo'q. Fuqarolar fikrini qo'rqmay ayta oladi. Siyosiy partiyalar ochiq va haqqoniy raqobat qiladi. Adliya mustaqil. Matbuot va fuqaro jamiyati tom ma'noda risoladagidek faoliyat yuritadi. Hukumat xalq uchun xizmat qiladi. Davlatning burchi aslida shu, xalqni ezish emas."
Amerika prezidenti Polsha, Estoniya, Latviya, Litva va Ruminiya kabi yosh demokratiyalarga "sizni yolg'iz tashlab qo'ymaymiz" deya va'da berdi.
NATO havo kuchlari Boltiqbo'yi osmonida himoyaga shay turgani bunga yaqqol misol, deydi Obama.
Prezident nazarida Ukraina demokratik saylov o'tkazib, yangi rahbar tanlagani bu jamiyat o'ziga ishonishini isbotladi. Yulg'ich prezidentni ag'darib, bu mamlakat yangicha zamon va sharoitda yashashni xohlashishi ko'rsatdi, deydi u.
"Yevropa, Amerika, shuningdek, Rossiya uni bu borada quvvatlashi kerak".