AQSh prezidenti Barak Obama chorshanba kuni Shvetsiyada bo’ldi. Stokgolmda u bu davlat rahbariyati bilan global masalalar, xususan Suriyadan so’zlashdi. Obama hozir Rossiyada, Sankt-Peterburg shahrida Katta Yigirmalik sammitida ishtirok etmoqda. Asosiy mavzu – Suriyadagi vaziyat va o’z xalqini zaharlab o’ldirganlikda ayblanayotgan Bashar al-Assadga nisbatan qanday yo’l tutish.
Shvetsiya poytaxti Stokgolm Obamani kuchli xavfsizlik choralari ostida kutib oldi va kuzatdi. Arktika kelajagi, erkin savdo va Suriyadagi ahvol muhokama qilindi.
Uch kunlik safarga ketishidan oldin Obama Vashingtonda qonunchilar bilan uchrashib, Kongressdan uning taklifini tezroq ma’qullashni so’radi. Oq Uy Suriyaning qonxo’r rahbari Bashar al-Assadga qarshi harbiy chora ko’rish qarorida qat’iy, deydi prezident.
Bu borada Obama xalqaro hamjamiyatdan ham quvvatlov va madad kutmoqda, hatto Vashingtonni ahmoqona rejada ayblayotgan Rossiyadan ham. Kremlga ko'ra, AQSh o'z iddaolarini, Assadga nisbatan ayblovlarini isbotlab berishi kerak.
Fransiya prezidenti Fransua Olland Amerikani olqishlab, Sankt-Peterburgdagi sammitda Katta Yigirmalik ham bir yoqadan bosh chiqaradi, degan umidda.
“Kimyoviy qatliom yuz bergan. Dunyo buni biladi. Isbot-dalil bor. Jinoyatchilar kim ekanini bilamiz. Demak, javob berishimiz shart. Xalqaro hamjamiyat chora kutmoqda. Germaniya va Fransiya, biz birgalikda, Suriyadagi qirg’inni qoralaymiz, bu xalqqa hamdardmiz va mojaro barham topadi degan umiddamiz. Harakat qilish kerak”,- deydi Olland.
Parijda Olland Germaniya prezidenti Yoaxim Gauk bilan muloqot qildi.
“Kansler Angela Merkel Katta Yigirmalik yig’inida Suriyaga nisbatan yakdillikka erishiladi degan niyatda. Chora yuzasidan hamma bir pozitsiyada bo’lishini istaymiz”,- deydi Gauk.
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun ham bu sammitda qatnashmoqda. Uning aytishicha, tashkilot Suriyada o’tkazilgan tekshiruv natijalarini o’rganib, yakuniy hisobot taqdim etilmagunicha, biror tomon harbiy chora ko’rmasligi kerak.
Suriyada kimyoviy qurollar ishlatilgani isbotlansa, demak xalqaro qonunlar qo’pol ravishda buzilgan, deydi u.
“Biz Suriya xalqi azobda ekanini bilamiz va bunga nuqta qo’yish kerak. Urush yanada alanga olishiga yo’l qo’ya olmaymiz. Siyosiy yechim topish kerak. Kimyoviy qurollar yana ishlatilmasligi uchun chora ko’rish degan fikrga qo’shilaman, lekin ko’riladigan chora ham qon to’kilishiga yetaklasa, undan nima foyda? Nazarimizda siyosiy yechim uchun harakatni kuchaytirish - eng ma’qul yo’l”,- deydi BMT rahbari.
Suriya hukumati “kimyoviy qurollar qo’llamaganmiz” deya qayd etmoqda. Uning yaqin ittifoqchisi Rossiya Katta Yigirmalik sammitida tomonlarni shunga ishontirishga va harbiy chora xato bo’ladi deya ko’ndirishga urinadi.
Your browser doesn’t support HTML5