Oq uyga ko'ra, AQSh yanvar oyida al-Qoidaga qarshi amaliyot paytida bexosdan garovdagi bir amerikalik va bir italiyalik gumanitar ishchini o'ldirgan. Voqea afg'on-Pokiston chegarasida ro'y bergan.
Prezident Barak Obama nobud bo'lgan gumanitar xodimlar oila a'zolariga hamdardlik bildirib, uzr so'radi.
"Prezident va oliy qo'mondon sifatida barcha aksil-terror amaliyotlar uchun mas'ulman. Bo'lgan voqeadan afsusdaman", - dedi Obama.
73 yashar amerikalik Uorren Vaynstayn Pokistonda yetti yil yashab, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi dasturida ishlagan. Jangarilar uni 2011-yilda o'g'irlab ketgan edi. Italiyalik Jovanni Lo Porto Pokistonda Germaniyaga qarashli xayriya tashkilotida ishlagan. Uni 2012-yil boshida o'g'irlashgan edi.
Amaliyot paytida al-Qoidaning rahbarlaridan bo'lgan amerikalik Ahmad Faruq yo'q qilingan. Yanvar oyidagi yana bir amaliyotda terror tarmog'ining so'zlovchisi deb bilingan boshqa bir amerikalik - Adam G'adan ham o'ldirilgan.