Prezident Barak Obamaning reytingi juda past. Uning partiyadoshlari, demokratlar, Kongressdagi o’rinlarini saqlab qolish va yangi joylarni yutish uchun kurashar ekan, prezidentdan madad kutmayapti. Oq uy asosan tashqi siyosat bilan ovora, lekin Obama bu borada ham kuchli tanqid ostida.
Rossiya, xalqaro qarshilikka qaramay, Qrimni Ukrainadan tortib olib, o’z hududiga aylantirdi. Amerika global lider sifatida hech narsa qila olmadi, deydi norozi tomonlar.
“Qo’shma Shtatlar Ukraina xalqi bilan yonma-yon turib, unga o’z kelajagini o’zi hal etishda yordam beradi”,- deydi Obama.
Obama, boshqa rahbarlar qatori, bir paytning o’zida bir necha masala bilan mashg’ul.
“Iqtisodiyotni ko’tarish uchun choralar ko’rayapmiz”, - deydi u. Yaqinda davlat xizmatchilari uchun maoshni oshirishga farmon berdi.
Vaqtining asosiy qismi xalqaro masalalarga ketayapti. Oq uydan mehmon arimaydi. Falastin rahbari, Irlandiya bosh vaziri, Ukraina bosh vaziri.
“Xalqlari bir-biriga juda yaqin bo’lgan davlatlar ko’p emas dunyoda”,- deydi Obama.
Sog’liqni saqlash sohasi islohoti avj pallada ekan, Obama uni ayniqsa yoshlar orasida targ’ib qilishga harakat qilmoqda, internetda.
“Oxirgi qora prezident bo’lish qanday?” - deya so'radi Obamadan bir satirachi yaqinda.
“Jiddiy savolmi bu? Oxirgi marta prezident bilan gaplashayotgan bo’lsangizchi, bu qanday?” - deya javob qildi Obama.
O’zi Obamaga Ukrainadagi mojaro yetmay turgan edi, deydi Kerrol Doerti, “Pew” omma fikrini o’rganish markazidan yetakchi mutaxassis.
“Obamani uzog’i bilan aholining 40 foizi quvvatlayapti, xolos. Prezidentlikning oltinchi yilida bunday reyting sharmandalik, yana Kongress saylovlari oldidan”.
Kongressdagi respublikachilar prezidentni zaiflikda, Rossiya rahbari Vladimir Putinga bas kela olmaganlikda ayblamoqda.
“Axir AQSh va Yevropa shunday damlarda qattiq turmasa, qachon?” - deya so'raydi Bob Korker, respublikachi senator.
Marko Rubio singari yosh senatorlar 2016-yilda prezidentlikka saylanishni ko’zlamoqda.
“Shunisi aniqki, no’noq tashqi siyosat bizni shunday vaziyatga olib keldi. Prezidentimiz shaxs sifatida bosiq odam. Lekin global maydonda gapimizni o’tkaza olishimiz uchun buning o’zi yetmaydi. Pozitsiyamiz kuchli emas”,- deydi Rubio.
Florida shtatida respublikachilar bugun qudratli partiya. Noyabrdagi saylovlarda bu yerda ularning g’olib chiqishi kutilmoqda. Prezidentdan ko’ngli qolgan saylovchilar ko’p.
“Albatta bu prezident uchun shum xabar. Ular partiyasi kuchayishi, qonunchilar orasida o’z safdoshlari bo’lishini istaydi. Prezident bo’lgan odam o’z partiyasi lideri”,- deydi siyosiy tahlilchi Jon Fortiyer.
4-noyabrda o’tadigan saylovda Vakillar Palatasida respublikachilar ko’pchilik o’rinni saqlab qolishi kutilmoqda. Senat demokratlar qo’lida, lekin partiya bu palatani ham boy berishi mumkin degan xavotirlar bor.
AQSh tarixida ikkinchi muddatini o’tayotgan prezidentning partiyasi bunday saylovlarda hamisha yutqazib kelgan. Bu safar ham shunday bo’lsa, ajabmas.
Your browser doesn’t support HTML5