AQShning yosh olimlari, eng sara o’quvchilari yaqinda Oq uyda mehmon bo’lib, prezident Barak Obama bilan uchrashdi. Ilm-fan va texnologiya kabi sohalar mamlakat ertasini belgilaydi, ta'lim sohasiga sarmoyani oshirish kerak, deydi prezident.
Jo Xudi endigina 14 ga to’lgan bo’lsada, o’z biznesiga ega. Tadbirkor. Prezident huzuriga taklif etilgan yoshlardan biri. So’nggi kashfiyoti – zefir otadigan zambarak Obamaning diqqatini tortdi.
Jumladan ixcham, oson ko’chirsa bo’ladigan uycha.
Indiana shtatidan bir guruh o’smirlar uni favqulodda vaziyatlar uchun ishlab chiqqan.
"Zilzila va boshqa tabiiy ofatlar ro’y berganda boshpana vazifasini o’taydi. O’ta yengil",- deydi ular.
"Chempion futbolchilarimiz uchun Oq uy eshiklari ochiq-ku. Nega endi yosh olimlarimiz siylovga munosib emas?"- deydi Obama.
Boshqa rivojlangan davlatlar bilan qiyoslaganda, Amerika bolalari aniq fanlar, masalan matematikada orqada.
Shu maqsadda prezident yangi byudjetdan 80 million dollar ajratishni so’ramoqda. 100 ming o’qituvchi-muallimlarni tayyorlash uchun.
Xususiy tashkilot va donorlar ham matematik murabbiylarni yetishtirish dasturlariga 22 million dollar berishga tayyor.
Davlat rahbari o’quvchilarga murojaat qilib, “mamlakat kelajagi sizsiz” deydi.
"Sizga qarab ilhomlanaman. Ishonamanki, Amerikaning yorqin kunlari hali oldinda",- deydi Obama.