Obama Afg'onistondan qaytgan askarlar bilan uchrashdi

  • Amerika Ovozi

Prezident Obama Fort Diks harbiy bazasida Afg'onistondan qaytgan harbiylarga murojaat qilmoqda, Nyu-Jersi shtati, 15-dekabr, 2014-yil

AQShning Afg'onistonda xizmat qilgan askarlari vataniga qaytar ekan, Prezident Barak Obama kecha ular bilan Nyu-Jersi shtatidagi Fort Diks harbiy bazasida uchrashdi.

"Amerikaliklarning fikri doim ham bir joydan chiqmasligi, bir-biri bilan ayrim masalalarda bahslashishi mumkin, biroq qurolli kuchlarni qo'llab-quvvatlashga kelganda xalq ular bilan faxrlanadi", - dedi Obama.

Unga ko'ra, AQShning Afg'onistondagi urushi poyoniga yetmoqda, ammo Afg'oniston hali ham xavf o'chog'i bo'lishda davom etmoqda.

AQSh va NATO askarlarining katta qismi Afg'onistonda xizmatini yakunlamoqda, ammo Kobul bilan kelishuvga ko'ra, 11 mingga yaqin harbiy mamlakatda yana bir yil qoladi.

2009-yilda Obama hokimiyatga kelganida Iroq va Afg'onistonda Amerikaning 180 ming qo'shini xizmat qilayotgan edi. Kelasi yil boshida bu ikki mamlakatda 15 ming harbiy qoladi, xolos.

Obamaga ko'ra, mojaro zonalariga ko'p sonli qo'shinlarni safarbar etish davri o'tib bormoqda. Shunga qaramay, AQSh qurolli kuchlari tahdidlarga qarshi samarali kurashish uchun doim tayyor turishi kerak.

2015-yil davlat byudjetida askarlarga qo'shimcha maosh belgilangan.