Prezident Barak Obama Oq uydan turib xalqqa qilgan haftalik murojaatida ayollar huquqlariga e’tibor qaratdi.
“Xotin-qizlar jamiyatimizda hamon kamsitiladi. Bunga yaqqol misol – ayollarga erkaklar bilan teng maosh to’lanmasligi”,- deydi prezident.
Teng mehnat qilgan erkak va ayolning topgani barobar emas. Erkakka 1 dollar, ayolga esa 77 sent. O’rtacha hisobda.
Farzandli bo’lish – muammo, deydi Obama, chunki onalarning ta’tilga chiqishi qiyin. Imtiyozlar oz va zarur sharoit yaratilmagan. Ota-ona bolasiga qaray olishi va buning uchun ishidan ayrilmasligi lozim.
“Vaziyatni o’zgartirishimiz shart”, - deydi davlat rahbari Kongressni zarur qonunlarni tezroq tasdiqlashga undar ekan.
Prezident bundan tashqari minimal maoshni ham ko’tarishni taklif qilmoqda. Soatiga kamida, federal miqyosda, 10 dollar 10 sent to’lay boshlash kerak, deydi u.
Bu bilan Amerikada 28 million odamga yordam beriladi. Minimal maosh bobida har bir shtat o'z qonunlariga ega. Ayrim shtatlarda maosh ancha oldin ko'tarilgan. Poytaxt Vashingtonda, Kolumbiya okrugida minimal maosh 11 dollardan oshiq.

Your browser doesn’t support HTML5