Obama yangi yilga ulkan umidlar bog'lagan

  • Amerika Ovozi

Oq uy, 20-dekabr, 2013

Qo’shma Shtatlar prezidenti Barak Obama kelasi yil muammolarni hal etadigan davr bo’lsin deydi.

Partiyabozlik, asossiz ayblash va qoralashlarni chetga surib, demokrat va respublikachilar fundamental masalalarni yechish haqida o’ylasin, deya undadi u Oq uyda o’tgan matbuot anjumanida.

Prezident deydiki, 2013-yilda iqtisod ancha oyoqqa turdi lekin byudjet bilan bog’liq azaliy jumboqlar hamon o’sha o’sha.

Sog’liqni saqlash tizimida boshlangan islohotlarni ham jadallashtirish kerak va xatolarni tuzatmasak bo’lmaydi, deydi u.

Yakunlanayotgan yilda Obamaning reytingi 41 foizga tushdi, misli ko’rilmagan past baho.

Razvedka sohasida kuzatilgan mashmashalar va maxfiy dasturlarning fosh etilishi prezidentga nisbatan ishonchni yemirdi. Ommaviy so’rovlarda fuqarolar shunday deydi.

Yangi yilni Obama oilasi bilan Gavayi orolida kutib oladi.