Bugungi dunyo suratlarda - 19-oktabr, 2020
Tailandda hukumatning namoyishlar o‘tkazishga qo‘ygan taqiqiga qaramay, minglab odamlar yana ko'chaga chiqdi. Xalq Konstitutsiyaga o'zgartirishlar kiritilishini, Bosh vazirning iste'fosini, yangi saylovlar o'tkazilishini, demokratik islohotlarni, shuningdek, hibsga olingan faollarni ozod etilishini talab etmoqda.