Bugungi dunyo suratlarda - 21-oktabr, 2020

  • Amerika Ovozi

Afg’onistonda Pokiston vizasini olish uchun to’plangan kishilar.  Taxminan 15 nafar kishi oyoq ostida qolib ketib, halok bo’lgan. Aksariyati ayollar va qariyalar. Sakkiz oylik tanaffusdan keyin Pokiston konsulligi viza uchun yana hujjatlar qabul qila boshladi. Jalolobod, 21-oktabr, 2020.

Pandemiya davrida kinoteatrlar. Jakarta.

Karachidagi portlashdan keyin. Pokiston.

Politsiya namoyishchilarni qo'lga olmoqda. Politsiya zo'ravonligiga qarshi namoyishlardan so'ng komendantlik soati e'lon qilindi. Nigeriya.
 

Myanmada saylovlar yaqinlashmoqda

Marokashdan yetib kelgan muhojirlarning tana harorati o'lchanmoqda. Ispaniya.

Ganja shahri yo'llarida. Ozarbayjon.

Suv toshqinidan jabr ko'rganlarga yordam berildi. Kambodja.

Velosipedchilar poygasi. Italiya.