Bugungi dunyo suratlarda - 23-oktabr, 2024
Turkiyada terakt: To'rt kishi halok bo'ldi, 14 kishi yaralandi.
Anqarada harbiy samolyot va fazo sanoati korporatsiyasi "TUSASh" hududida terakt sodir bo'ldi. Hujum tafsilotlari hozircha ma'lum emas. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda korporatsiya zonasidan quyuq tutun va otishma ovozlari aks etgan.
"TUSASh" Turkiyaning eng muhim mudofaa va aviatsiya sanoati hisoblanadi. Mamlakatning ilk milliy harbiy samolyoti "KAAN"ni ishlab chiqaradi. 10 mingdan ziyod ishchi-xodimi bor.