Neft arzon, benzin arzon, ammo bundan kimga foyda?

  • Amerika Ovozi

Odamlar pandemiya sharoitida uyda o’tirar, benzinga talab o’ta past ekan, dushanba kuni neft narxlari qattiq tushgan. AQShning WTI markali xom neftining may oyida yetkaziladigan fyuchers kontraktlari uchun narx tarixda ilk bor manfiy tomonga o’tib ketdi. Narx 321 foizga tushib, bir barreliga minus 40 dollarga teng bo’ldi. Bu sotuvchi xaridorga neftni olishi uchun pul to’lashi bilan teng gap. Bunga yana bir sabab neft omborlarining to’lib ketgani.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 21-aprel, 2020-yil

“Neftga talab qattiq tushdi. Odamlar kam mashina haydayapti. Hech kim hech qayerga uchayotgani ham yo’q. Ishlatilmayotgan haddan ziyod ortiqcha neft bor”, - deydi “IHS Markit” kompaniyasi tahlilchisi Jim Burkxard.

Talab keskin tushgan bo’lsa-da, neft quduqlarida nasoslar ishdan to’xtagani yo’q – yonilg’i qazib chiqarilmoqda va qayergadir joylashtirilishi kerak, biroq omborlar to’lib boryapti.

“Ombor yetishmovchiligi muammosi bilan yuzlashyapmiz. Natijada neftning bugungi narxi manfiy tomonga o’tib ketdi”, - deydi Burkxard.

Neft arzon bo’lsa, yoqilg’i shoxobchalarida benzin ham arzonlashadi, ammo hamma uyda o’tirsa, arzon benzindan nima foyda, deydi tahlilchi.

“Mashina haydamayotgan bo’lsangiz, arzon benzin kimga kerak? Bundan hech kim yutmaydi”, - deydi Burkxard.