Omonulloh Xo'ja bugun AQShning Virjiniya shtatida istiqomat qiladi. Asli o'zbekistonlik. Vatanini 5 oylik chaqaloqligida ota-onasi bilan tark etgan. Bu XX asrning 30-yillarida ro'y bergan. O'shanda minglab o'zbekistonliklar sovetlar zulmidan qochib vatanini tark etishga majbur bo'lgan edi.
Ularning ko'piga vatanni qayta ko'rish nasib etmadi. Omonulloh Xo'ja esa mustaqillikdan so'ng O'zbekistonga qaytib borishga muyassar bo'ldi.
Bu kishi bilan ana shu uzoq yillik tarix haqida suhbatlashdik. "Vatandosh choyxonasi"ning navbatdagi mavzusi shu haqda bo'ldi.
Suhbatni quyida to'liq tomosha qiling.
Your browser doesn’t support HTML5