O’tgan yili 72 ming amerikalikning boshini yegan opioid epidemiyasiga oksikodon preparatining shifokorlar tomonidan haddan ko’p yozilishi sabab, deydi mutaxassislar. Opioidlar og’riqni qoldiradi, biroq ularning jiddiy yon ta’sirini ham hisobga olish kerak. Og’riq qoldiruvchi preparatlarni boshqa dorilar bilan qabul qilganda odatda qaramlik kelib chiqadi.
Your browser doesn’t support HTML5
Hozirgi hikoya Florida shtati, Mayami shahrida giyohvandlikdan qutilib, to'g'ri hayot yo'liga qaytishga urinayotgan Allison Norlend va uning oilasi taqdiri haqida.
"Reabilitatsiyadaligimda qizimni turmush o’rtog’imdan olib ketishgan, vasiyligimni ham… Oila sudida men, onam va qizimning ishi ko’rilyapti. O’girlik ham qilib qo’yganman…
Sinov muddati, keyin ishimni yo’qotsam, sudlar bilan sudralib yuraverishdan qo’rqib ketaman. Shuncha payt qizimsiz yashashimga to’g’ri keladi. Bu degani yana tushkunlik…yana boshi berk ko’chaga kirib ketishimga sharoit… Men esa buni istamayman…
Your browser doesn’t support HTML5
Sud hukmidan roziman. Bundanda og’ir bo’lishi mumkin edi. Bunday tog’ri qaror chiqarishadi deb kutmagan edim. Birinchi farzandimga olti yarim oylik homiladorligimni bilganimda 23 yoshda edim. Yetti oy-u 21 kungacha chekmasdan, toza yurdim. Turmush o’rtog’imning otasi biz bilan yashardi. Bir kuni u mashinani hovliga olib kirayotib urib oldi. Qattiq qo’rqib, homilamni yo’qotdim", - deydi Allison Norlend.
"Allison homilador ekanligini bilmaganman. Tug’ilmagan qizaloq yuragimni titratgan edi…", - deydi Jon Lou.
"Onam hali ham oyoq tirab turib olgan. Bu yo’ldan qaytishga bardoshi yetarmikin deya havotirlanyapti. Hayotni qayta yo’lga qo’yish ko’p vaqt oladi, bizda esa voqealar tez rivojlanyapti, shundan ko’ngli to’lmayapti.
Yetti yildan ortiq giyohvandlik girdobida edim… Sog’lom hayotga qaytishga urinayotganimga endi bir yil bo’ldi. Onam bo’layotgan ishlarni ko’rib turibdi…Qizim Soyerni voyaga yetkazishda onam ham to’liq haqli bo’lishni istaydi", - deydi Allison.
"Soyerning vasiylik huquqi yana 18 yil siz va onangizga berilishi amri mahol. O’zingiz nima deb o’ylaysiz? Onangiz xabar olib turishi kerakmi? Aslida onangizning jarayonda borligi siz, turmush o’rtog’ingiz va bola uchun ham yaxshi, demoqchimanki, bola ham o’z ota-onasi bilan bo’lgani yaxshi, albatta", - deydi psixolog Jen Ellison.
"Bola masalasiga kelganda kuyib ketaman. Hozir bo’layotgan ishlardan emas, oldingi homilam bilan bo’lgan ishlardan siqilaman. O’sha voqealar uchun meni aybdor qilishadi. Onam ham shundan qo’rqadi. Bunaqa vaziyatlarda hamma aybdor qidiradi.. aybdor esa menman…. o’zimman… Bardoshim yetmaydimi deb qo’rqaman, o’zimni nochor, ojiz his qilaman", - deydi Allison Norlend.
"Ota-onangiz hech qachon sizdan rozi bo’lmasligi mumkin… shunga tayyor bo’lishingiz kerak", - deydi psixolog Jen Ellison.
"Allisonning otasi, turmush o’rtog’im ichkilikka berilgan odam edi. Ichib haydab halok bo’ldi. U paytlar Alison hali maktabda o’qirdi. Otasining qilmishlari ta’sirida o’sdi.
Allisonning nasha chekishini bilardim. Muammo nashada emas, maktabda qandaydir guruhlarga o’ralashib boshqa ishlar ham qilgan deb o’ylamayman.
Allison Soyerni tuqqanida men bilan yashardi. Xumor tutganda nimalar qilmasdi. Ham nevaramning bog’chasiga, yana boshqa xarajatlar, hammasiga oyligimni yetkazolmasdim. U esa pul olish uchun qanaqa tomoshalar o’ylab topmasdi. Bir kuni nasha sotadiganlar Allisonga ibodatxonada to’pponcha o’qtalib, bola qaysi bog’chada, qayerda yashashini bilishini aytganmush.
Allison ham, uning eri Jon ham meni chuv tushirardi. Jon hatto mening hujjatlarim, mening nomimdan ish ko’rishgacha borardi.
Keyin bolaga to’liq vasiylik olmasdan ilojim yo’q edi. Ularga dam olish kunlari bolasini ko’rib ketish imkoni bor edi.
Hafta kunlari umuman xabar olmasdi, telefon qilish yo’q, bolasiga xayrli tun tilamasdi hatto. Bola bekorga men bilan emas. Shuncha ishlar bo’lib o’tdi. Allison ham, kuyovim ham ajoyib odamlar. Ular urinayotgani ham yaxshi. Lekin bolasiga tarbiya berishga hali tayyor emas', - deydi Allisonning onasi Barbara.
"Yangi uyga ko’chmoqchimiz. 500 dollar depozit berib keldik. Buvim yaqinda vafot etdi. Ular o’tib ketdi. Bizga biroz meros ham qoldirgan. ammo bizga ulardan umid qoldi.
Hayotimizni yangidan boshlamoqchimiz. Ko’chib o’tishimiz bilan qizimni ham biz bilan yotib qolishini rejalayapmiz, maqsadimiz shu. Oilamizni qayta tiklamoqchimiz. Shu qarorga kelganimizga xursandmiz.
Shinamgina uyimiz bo’lishini, o’sishni xohlayman. Hozir rivojlanadigan jarayondamiz. Jon yuvoshgina odam, oshxonani yaxshi ko’radi. Uyimizda kichik oshxona bo’lsa bo’lgani, u xursand", - deydi Allison.
"Har oy ijara haqqini to’lashga qurbim yetarmikin deb xavotirlanaman. Umuman to’lay olmayman deb emas, nochorlikda qolamizmi deb qo’rqaman. Qizim yaxshi qarashni, va biroz jamg’armam bo’lishini ham istayman, - deydi Jon Lou.
"Chekish, yoki ko’chada ovqatlanishni butunlay yig’ishtirib qo’yishimiz shart emas. Soyer bilan chiqib ko’ngildagiday vaqt o’tkazishga imkon topsak bo’ladi. Hayotimiz yaxshilanyapti. Qizim kelsa yotib qoladigan qilib sharoit qilib berolsak, bizga shu muhim. Uddasidan chiqsak, katta ish qilgan bo’lamiz. Ikkalamiz ham jon jahdimiz bilan kurashyapmiz', - deydi Allison.
"Sudya sifatida tajribamdan ko’ramanki, sinov muddati shartlarini bajarish oson emas. Chunki qisqa vaqti ichida katta natijalar ko’rsatish kerak. Vasiylikni tiklash, oilada xafvsizlikni ta’minlash talablariga javob beradigan darajaga erishish kerak. Shularning hammasini bir yarim yil ichida ulgurish oson kechmaydi. Shartlarni qattiq qo’yganimiz, bu oilaga, ularning birlashishiga yordam bo’ldi.Endi oila o’zidan ahvoli qanchalik talabga javob berishini bilishimiz kerak. Bola mas’uliyatni eplay oladimi, shuni bilish kerak", - deydi Koen.
"Menimcha Jon bilan Allison o’z ustida qattiq ishladi. Menimcha o’tish jarayonini sekin boshlasak bo’ladi. Shoshmasdan oilani birlashtirish kerak. Jon mana, Mayamidan uy-joy qidirishni boshlamoqchi", - deydi Barbara Norlend.
"Farzandlaringiz ko’rinib turibdi, kap-katta odamlar, o’ziga kelgan, uddasidan chiqadi.
Ota-onalardan mukammal inson bo’lishini talab qilib, yoki boshqalar hayotiga taqqoslab, ularday yashang deb ham bo’lmaydi. Jamiyat zo’ravonliklarsiz sog’lom turmush kechira oladigan, farzandlariga tarbiya bera oladigan, g’amxo’r ota-ona bo’lishi kutadi, xolos. Qonunning talabi ham shu.
Oilani birlashtirishni boshlash kerak. Hozircha dam olish kunlari yoki sharoitga qarab boshqa kunlari ham farzandi bilan uchrashib turishiga imkon bo’lsin", - deydi sudya Koen.
"Sudyaning qarori, uning fikrlaridan lolman. Giyohvandlik kasallik ekanini tushunyapti, lekin boladan kap-katta odamlar hayoti o’nglab qo’yish uchun foydalanib bo’lmaydiku..
Endigina qo’l urgan ishi uchun maqtab qo’yib, uy-joyga qurbingiz yetsa, hozircha xabar olib turing, keyinchalik bola siz bilan bo’ladi deyish… noto’g’ri! Nasha chekishni yig’ishtirdi degani ota-onalik vazifalarini bajarishga qodir degani emasku!?
Sudning vazifasi bir yoqli qilish, ishni tugatish lekin vaziyatni to’girlab berolmaydi.
Na Allison, na Jon o’z hayotida bolasi uchun biror narsani o’zgartirganini ko’rganim yo’q. Giyohvandlikka kirgan odam bu yo’ldan qaytishi juda, juda qiyin. Bardoshi yetmay taslim bo’lsachi…. Unda nima bo’ladi?
Soyer ko’z oldimda bo’lgani uchun xotirjam uxlayman. Kun kelib biror kor-hol bo’lsa, nima qila olaman? Erim shu ichkilikning orqasidan o’lib ketdi, nima qila oldim? Allison to’ng’ich farzandini yo’qotgandachi, qo’limdan nima keldi? Endi Soyerning taqdiri nima bo’ladi deb yasholmayman. Yanayam xudoning xohishi ekan deb qololmayman axir… Allisonga biror narsa bo’lsa, bir boshga bir o’lim, qaerga boraman, ko’naman. Lekin Soyerga bir kor-hol bo’lsa chidolmayman… bunga ko’nolmayman…", - deydi Barbara Norlend.