"Oskar"ga da'vogar filmlarga yangi talablar qo'yiladi

  • Amerika Ovozi

AQSh Kinoakademiyasi “Oskar” sovrinining “Eng yaxshi film” nominatsiyasiga da’vogar kartinalar uchun talablari ro'yxatini yangiladi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 9-sentabr, 2020-yil

AQShda politsiya zo’ravonligi va irqiy tengsizlikka qarshi kuzatilgan namoyishlar ketidan kinoakademiya o’z faoliyati va “Oskar”ga da’vogar filmlar uchun talablarni qaytadan ko’rib chiqishga qaror qildi.

Bundan keyin bosh yoki muhim qahramon rolini kelib chiqishi osiyolik, afrikalik yoki lotin amerikalik bo’lgan aktyor yoki aktrisa o’ynasagina kartina “Eng yaxshi film” nominatsiyasiga qabul qilinadi.

Bundan tashqari, ikkinchi darajali rollarni o’ynagan aktyorlarning kamida uchdan biri oq tanli bo’lmasligi, ayol, noan'anaviy jinsiy orientatsiyaga mansub yoki maxsus ehtiyojlarga ega odam bo’lishi lozim.

Film ijodkorlarining kamida uchdan biri ham shu toifaga mansub bo’lishi, filmni ishlab chiqargan kompaniya esa ularni ishga va amaliyot o’tashga muammosiz olishi zarur.

Yangi tartib 2024-yildan kuchga kiradi.

Internet va matbuotdagi ko’plab aksiyalarda AQSh Kinoakademiyasini irqchilik va seksizmda ayblashgan. Uyushma a’zolarining uchdan birini ayollar, 84 foizini oq tanlilar tashkil etadi.