O'ta boy insonlar ocharchilik va tengsizlikka sababmi?

  • Amerika Ovozi

Dunyoda ocharchilik va qashshoqlikka qarshi kurashuvchi “Oksfam” xayriya tashkiloti dunyo iqtisodiyotini nazorat qilayotgan haddan ziyod boy odamlardan iborat “global oligarxiya”ni tengsizlik va iqlim o’zgarishi ortidagi asosiy omillar deb atadi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot - 27-sentabr, 2024-yil - Zelenskiy Bayden bilan ko’rishdi, qo’shimcha yordam oldi

“Ular qoidalarni oddiy odamlar hisobiga va o’z foydasiga o’zgartirmoqda. Bu esa mamlakatlar ichida va o’rtasida tengsizlikka sabab bo’lyapti”, - deydi tashkilot vakili Nabil Ahmad.

Unga ko’ra, dunyoning eng badavlat bir foizi insoniyatning 95 foizidan boyroqdir.

“Mega korporatsiyalar oz soliq to’laydi yoki umuman to’lamaydi”, - deydi Ahmad.

Ayni paytda “Katta Yigirmalik” tashkilotida raislik qilayotgan Braziliya dunyoning eng boy milliarderlariga kamida ikki foizlik soliq solishni taklif etmoqda. Unga ko’ra, bu 250 milliard dollar pul yig’ishga yordam beradi.

Tashkilotning Janubiy Afrika, Ispaniya va Fransiya kabi a’zolari ushbu rejani qo’llab-quvvatlamoqda, biroq AQSh qarshi.

“Soliq siyosatini dunyo bo’ylab muvofiqlashtirish juda qiyin bo’ladi. Bu masalada global shartnomani zaruratsiz deb bilaman. Har bir mamlakat o’z soliq tizimini yaxshilashi, uning progressiv ekaniga ishonch hosil qilishi kerak”, - degan edi iyul oyida AQSh Moliya vazirasi Janet Yellen.

“Oksfam” tashkilotiga ko’ra, rivojlanayotgan mamlakatlarda soliqdan tushayotgan daromad banklar va xedj jamg’armalari kabi xususiy kreditorlar qarzini uzish uchun sarflanmoqda.

Xayriya tashkiloti farmatsevtika kompaniyalarini hissadorlari foydasini o’ylab, intellektual mulk huquqlariga oid qoidalarni shakllantirayotganlikda ayblayapti.