Pokistondagi xurujda kamida 15 odam o'lgan

  • Amerika Ovozi

Chorshanba kuni Pokiston shimoli-g’arbidagi Peshovar shahrida xuruj ro’y berib, kamida 15 odam o’lgan, 30 kishi jarohat olgan. Bomba asosan davlat xizmatchilari ketayotgan avtobus o’rindig’ining ostiga yashirilgani aytilmoqda.

Avtobus butunlay vayron bo’lgan.

Xurujni kim uyushtirgani hozircha ma’lum emas, biroq rasmiylar Tolibonni ayblamoqda. Jangari guruh suiqasd hujumida o’tgan hafta Peshovarga qo’shni Shabqadar shahridagi sud binosi yonida 17 odam o’lgan.

Pokiston Toliboni (Tahriki Tolibon) bir necha yildan beri hukumatga qarshi kurashib keladi. Armiya esa salkam bir yarim yildan beri aksilterror amaliyotida guruhni nishonga olib keladi.

Mamlakat bo’ylab terror xurujlariga aloqadorlik aybi bilan guruhning 13 a’zosi kecha o’limga mahkum etildi.