Pokistonda may oyida saylovlar bo’lib o’tadi. Aksariyat aholi uchun yangi hukumatning iqtisodiy ahvolni yaxshilash rejasi birlamchi ahamiyat kasb etadi. Jangarilar hujumlarini kamaytirish ikkinchi darajali masala. Islomoboddagi muxbirimiz Ayoz Gulning hikoya qilishicha, ko’pchilik siyosatchilar bergan va’dalarga ishonmayapti.
Zafar Said Pokiston poytaxtining kambag’al dahasida joylashgan trening markazi rahbari. 10 yildan buyon minglab odamlar bu markazda yangi kasb o’rgandi. Ishsizlik sur’ati baland bo’lgan hozirgi iqtisodiy vaziyatda bu katta ahamiyatga ega.
Endi esa markazda elektr tokida uzilishlar kuzatilyapti, pulning qadrsizlanishi, narx-navoning oshishi ham biznes yuritishni qiyinlashtirdi. Hammasida hukumat aybdor, deydi Zafar Said.
“Tashkilotimiz jiddiy moliyaviy zarar ko’rdi, ayniqsa so’nggi besh yil ichida, chunki elektr toki tez-tez uzilayotgani sabab ishlab bo’lmaydi. Yana bir jiddiy muammo – inflyatsiya. Odamlar yangi kasb yoki hunar o’rganish uchun pul to’lolmayapti”, - deydi u.
Butun Pokiston bo’ylab shu ahvol. Elektr energiyasi ba’zida ertadan kechgacha bo’lmasligi hollari ko’payar ekan, odamlar namoyishlar uyushtirmoqda.
Islomoboddagi “NUST” Biznes maktabi professori Ashfaq Hasan Xonning aytishicha, mamlakat jiddiy iqtisodiy qiyinchiliklar bilan yuzlashmoqda. Sababi shundaki, so’nggi besh yilda hukumat iqtisodga hech e’tibor qaratmagan.
Mamlakat soliq tizimini isloh qilish uchun ham siyosiy iroda yo’q, deydi u. 180 million aholidan soliq to’laydiganlari bir foizga ham yetmaydi. Federal qonunchilarning 70 foizi o’tgan yilgi daromadidan soliq to’lamagan. Ularning aksariyati parlamentga yana nomzodini qo’yishi aniq. Pokistonga yordam ajratib kelayotgan xorijiy donorlar vaziyatdan xabardor. Madad to’xtab qolishi mumkin.
“Xalqaro hamjamiyatda jiddiy xavotirlar mavjud. Xorijiy mamlakatlarda odamlar nima sababdan Pokistonda davlatmand va nufuzli fuqarolar soliq to’lamayotgan bir paytda, biz ularga yordam ajratishimiz kerak, degan savolni ko’tarmoqda”, - deydi professor Hasan Xon.
Pokistonda xavfsizlik jiddiy muammo, jangari hujumlari muntazam qayd etiladi. Shunga qaramay, ommaviy so’rovlarga ko’ra, mamlakat yoshlarini ishsizlik, yuqori inflyatsiya, elektr ta’minotidagi muammolar va korrupsiya ko’proq tashvishlantiradi.
Pokistonning AQShdagi sobiq elchisi Maliha Lodiy fikricha, ayni so’rovlardan yana bir xulosa shuki, yoshlar kelajakka umidsizlik bilan qaraydi. 25 ga to’lmaganlar aholining 60 foizini tashkil etadi.
“Pokistonning keyingi hukumati bir narsani yaxshilab tushunsin: iqtisod bilan jiddiy shug’ullanmasangiz, yoshlar sizni tan olmaydi, sizga ishonmaydi. Bunday sharoitda kelajak haqida gapirish qiyin”, - deydi sobiq diplomat.
Saylovchilarning taxminan 40 foizi ham yoshlar. Ularni o’ziga ergashtirish uchun siyosiy partiyalar ishsizlikni kamaytirib, korrupsiyani yo’q qilishga va’da bermoqda.
Biroq aholi orasida ularga ishonayotganlar juda kam. Zafar Said kabi tadbirkorlar yangi hukumat hozirgisidan farq qilishi amri mahol, deydi.
Your browser doesn’t support HTML5