Parvez Musharraf qotillikda ayblanmoqda

  • Amerika Ovozi

Pokiston sobiq prezidenti Parvez Musharraf

Ravalpindi sudiga ko’ra, Musharraf prezidentligi paytida Bxutonning xavfsizligini ta’minlash uchun zarur chora ko’rmagan.
Pokiston sudi sobiq prezident Parvez Musharrafni 2007-yilda muxolifat yetakchisi va sobiq bosh vazir Benazir Bxutonning o’limiga aloqadorlikda ayblamoqda. Unga qotillik, jinoiy fitna va qotillikni amalga oshirishda yordam berish ayblovlari qo’yilgan.

Ravalpindi sudiga ko’ra, Musharraf prezidentligi paytida Bxutonning xavfsizligini ta’minlash uchun zarur chora ko’rmagan. Bxutto saylov kampaniyasi paytida Ravalpindida otishma va bomba xuruji natijasida jon bergan edi.

Musharraf barcha ayblovlarni inkor etmoqda. Sud 27-avgustgacha tanaffus e’lon qildi.

Pokiston tarixida ilk bor sobiq armiya rahbari jinoyatda ayblanmoqda. General Musharraf hokimiyatga harbiy to’ntarish natijasida kelgan edi.

U 2008-yilda prezidentlikdan ketib, to’rt yil xorijda yashadi. So’ng Musharraf parlament saylovlarida ishtirok etish uchun mamlakatga qaytdi, biroq Bxuttoning qotilligida ayblangani sabab jarayonda ishtirok eta olmadi.