Bugun Pokiston xalqaro havo yo’llariga qarashli yo’lovchi samolyot halokatga uchrab, Karachi shahriga qulagan. Aviatsiya vazirligining ma’lum qilishicha, Lohurdan uchgan samolyotda 99 yo’lovchi va ekipajning 8 ta a’zosi bo’lgan.
Your browser doesn’t support HTML5
Shu onga qadar bir necha odamning jasadi topilgan, biroq rasmiylar hech kim omon qolmasligini taxmin qilmoqda.
Aerobus 320 rusumidagi samolyot qo’nishdan oldin radardan g’oyib bo’lgan. Pilot halokat signali yuborib, texnik muammolarga duch kelgani haqida xabar berishga ulgurgan.
Pokistonda koronavirus pandemiyasi sabab samolyotlar ikki oydan beri uchmayotgan edi. Aviatsiya vazirligi o’tgan shanba ichki parvozlarga cheklangan ravishda ruxsat bergan. Xalqaro parvozlar 1-iyungacha jonlanishi kutilmoqda.