Pokistondagi cherkovda yuz bergan xurujdan so’ng mamlakatni namoyishlar qamrab olgan. Tahlilchilar Navoz Sharif hukumati xavfsizlik tizginini qo’ldan chiqarmoqda, degan xavotirda.
Peshovar shahridagi cherkovda ikki odam o’zini portlatib, 80 dan ziyod nasroniyni nobud qildi, 100 dan ortig’i jarohat oldi. Bundan g’azablangan odamlar ko’chaga chiqib, hukumatdan ozchilikdagi guruhlar xavfsizligini ta’minlashni talab qildi.
Bu xurujdan bir hafta oldin toliblar armiya qo’mondonlaridan biri, general Sanaulla Xon va ikki zobitni o’ldirdi.
Bosh vazir Navoz Sharifning aytishicha, bu kabi xurujlar Tolibon bilan tinchlik muzokaralari ehtimolini yo’qqa chiqarmoqda.
"Hukumat muloqot taklifini birinchi bo’lib olg’a surdi. Barcha siyosiy partiyalar bunga rozi bo’ldi. Ammo afsuski, endi bu yo’ldan qaytishga majburmiz", - dedi Sharif.
Pokiston Inson huquqlari komissiyasi hukumatning bunday sust munosabatini tanqid qildi. Xurujdan maqsad beqarorlik urug’ini sochish edi, demak bunga qattiq munosabat bildirish kerak, deyiladi komissiya bayonotida.
Britaniyalik tahlilchi Mexa Kumarning aytishicha, Pokistonda ahvol hozir qaltis.
"Xavfsizlik hukumatning eng katta muammosiga aylandi", - deydi u.
May oyida hokimiyatga kelgan Sharif hukumati milliy xavfsizlik siyosatini shu kungacha aniq shakllantirmagan.
Iste’fodagi general, tahlilchi Tal’at Masudning aytishicha, bu yanada ko’proq zo’ravonliklarga yetaklashi mumkin.
"Jangarilar faoliyatini kengaytirishga harakat qiladi. Hukumat ular bilan muloqot qilishdan boshqa choralarni ishga solmasa, bundan naf bo’lmasligini hamma yaxshi tushunadi, chunki Tolibon o’z tuzumini o’rnatishni maqsad qilgan", - deydi Masud.
Tolibon Pokistonning Afg’oniston bilan chegaradosh shimoli-g’arbiy hududlarida mahkam o’rnashgan.
Masudning aytishicha, Balujiston viloyatida bo’lginchi kuchlar o’ta faol. Ekstremist va jinoiy guruhlar esa janubdagi Karachi shahrining bir qismini borsa-kelmas joyga aylantirgan.
"Mamlakatning ko’p joylarida hukumat nazoratni qo’ldan boy bergan. Jinoiy va jangari to’dalar u yerlarda hokimlik qilmoqda", - deydi sobiq general.
Tahlilchilar nazarida Islomobod bo’sh kelmasligi kerak. Jangarilar armiyadan shimoli-g’arbdagi qabilaviy hududlarni tark etishni, havo hujumlarini bas qilishni, to’rt mingdan ziyod asir toliblarni ozod etishni, qonunlarni shariatga moslashtirishni talab qilib keladi. Hukumat va armiya bu shartlarning hech birini bajarishga tayyor emas.
Islomobod Tolibon kuchli tomir otgan hududlarda jangarilarga bas kelolmaydi. Agar ularga qarshi harbiy operatsiya boshlansa, toliblar va ularga ittifoqdosh guruhlar o’ch olishi muqarrar. Bundan esa oddiy xalq jabr ko’radi.
Xalqaro qo’shinlar Afg’onistonni 2014-yil oxirigacha tark etishga hozirlanar ekan, Navoz Sharif hukumati og’ir ahvolda qolishi tabiiy. Afg’onistonda Tolibonning kuchayishi Pokiston Tolibonini ham ruhlantirishi mumkin, deydi ayrim kuzatuvchilar.