Tolibon Pokiston hukumati bilan muzokara qilmoqchi, lekin shart bilan

  • Amerika Ovozi
Tolibon harakati Pokiston hukumati bilan muzokara qilishga tayyor. Shart shuki, Islomobod Qo’shma Shtatlar bilan aloqani uzishi kerak.

Your browser doesn’t support HTML5

"Amerika Ovozi" xabarlari, 29-dekabr, 2012


Pokiston Toliboni rahbari Hakimulla Masud bu haqda video bayonot chiqargan. Muzokaralardan oldin bizdan qurollarni tashlashni so’ramang, deydi u.

Pokistonning Xaybar-Paxtunxva viloyati Axborot vaziri Mian Iftixor Husaynning “Amerika Ovozi” bilan suhbatda aytishicha, hukumat toliblardan qurolini tashlashni emas, avvalo zo’ravonlikni qoralab chiqishni so’rayapti.

Xaybar-Paxtunxva viloyati va unga qo’shni qabilaviy hududlar Tolibon tomonidan tez-tez hujumga uchraydi. Bugun Peshovar shahrida, Avomi partiyasining majlisi paytida bir kishi o’zini portlatib, 9 kishi, jumladan yuqori lavozimdagi rasmiylar halok bo’lgan.

AQShning uchuvchisiz samolyotlari Pokiston shimoli-g’arbidagi Tolibon va al-Qoida makonlarini nishonga olib keladi. So’nggi havo hujumida jangari ekani gumon qilingan to’rt kishi o’lgan.

Rasmiy Islomobod AQShning bu operatsiyalarini o’z suverenitetiga tahdid deb, tanqid qiladi. Biroq siyosatdonlar fikricha, AQSh va Pokiston o’rtasida bu hujumlarga ruxsat beruvchi maxfiy kelishuv bor.