AQShning uchuvchisiz qiruvchi samolyoti kecha Shimoliy Vaziristonda Tolibon rahbari Hakimulla Mahsudni o’ldirgani bu harakat bilan ketayotgan tinchlik muzokalarini to’xtatib qo’yishi mumkin. Harakat a’zolari g’azabda va kurashni davom ettirishga shay.
Pokiston Toliboni yangi lider tanlagan bo’lishi mumkin – Xon Said Sajna.
34 yoshli Hakimulla Mahsud guruhni 2009-yildan beri boshqarayotgan edi. Undan oldingi rahbar ham Amerika tomonidan o’ldirilgan. Vashington Mahsudning boshi uchun 5 million dollar mukofot va’da qilgan edi. U 2009-yilda Afg’onistonda Markaziy Razvedka Boshqarmasi idorasini portlatganlik va 2010-yilda Nyu-York markazida bomba qo’ydirganlikda gumon qilinadi.
Kechagi hujumda Mahsudning jiyani, amakisi va tan soqchisi ham o’lgan.
Sal oldin Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharif Tolibon bilan muloqot boshlanayotganini aytgan edi. Sharif yaqinda Vashingtonga safar qilib, prezident Barak Obama bilan muloqot qilgan va Tolibonni qurol tashlashga ko’ndirish asosiy maqsadlardan biri deya belgilangan edi.
Your browser doesn’t support HTML5