Isroil-Falastin ixtilofini tugatishga doir muzokaralarni jonlantirish. Kelasi oy Parijda o'tadigan anjumanda asosiy mavzu ana shu bo'ladi. Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu uchrashuvga qarshi. Falastin tashabbusni olqishlayapti. Ayrim manbalarda aytilishicha, tadbirga Falastin va Isroil tomoni taklif qilinmaydi, bu esa murosaga erishishni tezlatishi mumkin, deydi mutaxassislar.
Amerika bosh diplomati Jon Kerrining aytishicha, muzokaradan maqsad Falastin va Isroil murosa qila oladimi, har ikki tomonga ma'qul yechimga erisha oladimi yo'qmi, shuni aniqlash.
"Taraflar muzokara stoliga qayta olmasa, bu Amerika yoki boshqa davlatning mag'lubiyati bo'lmaydi. Falastin va Isroil kompromissga erisha olmaganidan o'zi yutqizadi", - deydi Kerri.
Jon Kerrining aytishicha, Yaqin Sharqda tinchlik kelishuviga hanuz erishilmagani afsuslanarli, ammo Obama ma'muriyati uchun muloqotni jonlantirish hamon eng ustuvor masalalardan bo'lib qolayapti.
Your browser doesn’t support HTML5