AQSh va G'arbda pandemiyaga qarshi kurash turlicha baholanmoqda

  • Amerika Ovozi

Germaniya

Pandemiya Yevropada ham, AQShda ham hayotni izdan chiqardi, ko’plab insonlar umriga zomin bo’ldi, iqtisodiyotlarni yemirdi. AQShning “Pyu” sotsiologik tashkiloti G’arbda va AQShda aholining koronavirusga qarshi davlat siyosatiga munosabatini o’rgandi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 9-fevral, 2021-yil

“Germaniyaliklarning 77 foizi hukumatining pandemiyaga qarshi siyosatini olqishlaydi. Buyuk Britaniya, AQSh va Fransiyada esa raqamlar o’zgacha. Masalan, amerikaliklarning 58 foizi davlat pandemiyani jilovlashni eplay olmaganini aytgan”, - deydi izlanish mualliflaridan biri Ket Devlin.

So’rov AQShda 2020-yil noyabr va dekabr oylarida, Jo Bayden prezidentlikka kelishidan, emlash dasturi boshlanishidan oldin o’tkazilgan.

Yevropa Ittifoqida vaksinatsiya kechroq boshlandi va ancha sust kechmoqda. Kasalxona va klinikalar vaksinalarni kutmoqda.

“Yeng shimarib turibmiz. Odamlarni emlashga tayyormiz, ammo vaksina yo’q. Markazimiz to’liq jihozlangan, biroq vaksinadan darak yo’q hozircha”, - deydi Parij shahar 17-tumani hokimi Jeffroy Bular.

Yevropa Ittifoqiga a’zo ayrim davlatlarda aholining vaksinalarga ishonchi nisbatan past ekan, hukumatlar vaksinalarni litsenziyalashni tezlashtirmoqchi emas. Masalan, Fransiyada balog’at yoshiga yetganlarning 40 foizi emlanishga shubha bilan qaramoqda. Prezident Emmanuel Makron majburiy emlashga qaratilgan da’vatlarni rad etdi.

“Biz so’rov o’tkazgan mamlakatlarning uchtasida aksariyat odamlar majburiy emlashga qarshi. Fransiyada 75 foizi. Biroq Buyuk Britaniyada aholining 62 foizi buni olqishlamoqda”, - deydi sotsiolog.

Yevropada koronavirus bilan bog’liq o’lim hollari bilan eng ko’p yuzlashgan Britaniyada emlash dasturi keng quloq yozarkan, 12 milliondan ziyod odam vaksinaning birinchi dozasini oldi.

May oyiga rejalangan mahalliy saylovlar aholining pandemiyaga qarshi siyosatga munosabatini aks ettiruvchi omil bo’ladi.