Sakkiz kun oldin kelgan va minglab odamlarni o’ldirgan to’fon ketidan Filippinda ahvol xarob. Chet el ko’magi bilan aholiga oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar tarqatilmoqda.
Lekin millionlab odamlar boshpanasiz, ichimlik suvi va dori-darmon yetishmaydi.
Har bir daqiqa g’animat deya hukumat tashqi dunyodan madad so’ramoqda, fuqarolari hayotini asrashda yordam kutmoqda.
Filippin rasmiylariga ko’ra, o’lganlar soni 3600 dan oshgan. Lekin BMT hisobicha halok bo’lganlar 4500.
Amerika o’z harbiy kemalarini favqulodda xizmatga safarbar etib, ularda yordam yetkazilmoqda.
Ammo yog’ingarchilik davom etar ekan; ayrim joylarda yer ko’chib, vaziyat og’ir ekan, ayniqsa uzoq qishloq va o’rmonlarda yashaydigan odamlarga najot yetib borishi ham qiyinlashgan.
Your browser doesn’t support HTML5