Filippin kechagi to’fondan o’ziga kelishga urinmoqda. 100 dan oshiq odam o’lgan, mamlakatning katta qismi vayron bo’lgan.
Halok bo’lganlar soni oshishi kutilmoqda, chunki qidiruv ishlari qizg’in pallaga kirgan. Qulagan imorat va inshootlar ostidan jasadlar chiqishi tabiiy, deydi Filippin rasmiylari.
Tabiiy ofat 36 viloyatda to’rt million odamning hayotiga zarar keltirgan. 800 ming aholi evakuatsiya qilingan edi.
Tezligi soatiga 300 kilometrni tashkil etgan to’fon hozirda Vyetnam tomon yo’nalgan va u yerga ertaga yetib borishi kutilmoqda.
Dunyo ahli Filippinga yordam taklif qilmoqda. AQSh hukumati nima zarur bo’lsa yetkazamiz deya bu davlat rahbariyatiga murojaat qilgan.
Filippin o’tgan bir yil ichida bir necha qaqshatqich ofatlarni boshdan kechirdi. Dovullar, siklonlar, suv toshqinlari va tsunami yuzlab insonlarni hayotdan olib ketdi.