Saylov oldidan Amerikada siyosiy kartinalar ekranga chiqishi oddiy hol. Ayrimlari badiiy, ayrimlari tarixiy yoki hujjatli filmlar. Ularni xolis asarlar deb atash qiyin, chunki aniq bir g’oya va maqsadlarni olg’a suradi.
Masalan, “Obamaning Amerikasi 2016” (Obama's America 2016) degan film. Unda demokrat prezident aslida Amerikaning asosiy dushmani deya tanqid ostiga olinadi.
“De Moyn shahrilik Jenin” (Janeane from Des Moines) degan film esa liberal ruhda bo’lib, prezidentni himoya qiladi va respublikachilarni zamondan orqada qolib ketgan, dunyoqarashi tor amerikaliklar sifatida tasvirlaydi.
Lekin bu kartinalardan kimga nima foyda?
“Obamaning Amerikasi 2016”… Dinesh D’Suza yaratgan bu hujjatli filmga ko’ra, amaldagi prezident din, urush va iqtisodga nisbatan yashirin rejaga ega; Amerikani butkul barbod qilmoqchi. Yaqinda chiqqan bu kartina 2-3 hafta ichida 30 million dollar daromad qildi.
Nina Sivi – ko’zga ko’ringan kinoshunos, xususan, hujjatli filmlarni o’rganadi. Saylovoldi kartinalardan maqsad, deydi u, avvalo daromad qilish.
“Odamlar saylov kampaniyasi uchun bir tiyin ham bermasligi mumkin, ammo shunday kinolarni ko’rish uchun haq to’lashga tayyor. Siyosiy mazmundagi hujjatli fimlar – kuchli propaganda. Ularni ko’rganlar aksariyat hollarda saylovga chiqadi, hatto nomzodlarga yordam berish uchun yengini shimaradi",- deydi ekspert.
"De Moyn shahrilik Jenin” nomli satirik film esa respublikachi nomzodlarni tuban shaxslar sifatida aks ettiradi. Bosh rolda Gollivud yulduzi Jeyn Edit Uilson. Jenin – respublikachi. Partiya yig’ilishlarida qatnashib, Obama siyosatini keskin qoralaydi.
Jenin prezident boshlagan islohotlarga mutlaqo qarshi. Lekin ishidan ayrilib, tibbiy sug’urtasiz qoladi. Buning ustiga u ko’krak rakiga uchraydi. Muolaja uchun puli yo’q. Doktor unga Obama islohoti sharofati bilan endi uningdek bemorlarga imtiyozlar berilishini aytadi. Jeninning esa bu haqiqatni tan olgisi yo'q.
2004-yilda Maykl Mur o’sha paytdagi prezident Jorj Bush siyosati haqida shunday tanqidiy film ishlagan edi. “Farengeyt 9/11” (Fahrenheit 9/11) kartinasi global shuhrat qozongan edi.
“Jahon Savdo Markazining birinchi binosiga samolyot urildi degan xabar olsa ham prezidentimiz pinagini buzmay suratga tushish bilan band bo’lgan”,- deya hikoya qilinadi bu asarda.
Film 120 million dollar daromad keltirgan.
“Eng kuchli hujjatli film, deylik. Lekin Bush qayta saylandi”,- deya sharhlaydi Nina Sivi.
Jiddiy kartinalar ko’p, deydi kinoshunos, lekin ular keng ommani o’ziga jalb eta olmaydi, mazmunan murakkab.
Ulardan biri Aleks Gibni ishlagan va Oskar mukofoti olgan “Zulmat tomon taksi” (Taxi to the Dark Side) filmi. Unda Bush davridagi yashirin qamoqxonalar va qiynoqlar tasvirlanadi.
Prezident Amerika inson haq-huquqlarini hurmat qiladi deya qanchalik bong urmasin, harbiylar quyidagi gaplarni eshitasiz:
"Bizga yo’q degan iroqliklarga nisbatan qo’pol munosabatda bo’lishga ruxsat berishgan. Ularga itdek qarashgan. Shunga o’rganib ham ketdik”.
Etni jimirlatadigan, ko’zga yosh keltiradigan tasvirlar… Lekin, deydi kinoshunos Nina Sivi, ular tezda unutiladi. Tomoshabin shuni istaydi.
“Global iqlimdagi salbiy o’zgarishlar haqida sobiq vitse-prezident Al Gor ishlagan hujjatli film (Inconvenient Truth) ham juda yuqori baholangan, lekin bugun hech kim tilga olmaydi",- deydi Sivi.
Unda jumladan shunday deyiladi: “Olimlar haqiqatni aytgani uchun sudlangan, masxara qilingan, ishdan olingan… Chunki ular aniqlagan faktlar rahbariyatga yoqmagan... Vaholanki, bu muammo sayyoramizdagi har bir inson, mavjudot hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi”.
Nina Sivi singari ekspertlar bu filmlar foydasiz demoqchi emas. Aksincha, ular omma dunyoqarashini kengaytiradi, odamlarni loqayd bo’lmaslikka undaydi.

Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5