Puerto-Riko defoltga uchrashi mumkin

  • Amerika Ovozi

Puerto-Riko - orol-davlat

AQShning "Nyu-York Tayms" gazetasiga ko'ra, Puerto-Rikoning tashqi qarzlari to'planib, 72 milliard dollarga yetgan va orol uni to'lay olmay defoltga uchrashi mumkin.

Puerto-Riko gubernatori Alexandro Padilya kreditorlardan qarzni uzish muddatini besh yil va undan ko'pga uzaytirishni so'rashi aytilmoqda.

Puerto-Riko hamjamiyat bo'lib, AQShga qaramasa-da, Qo'shma Shtatlar tomonidan boshqariladi. Orol aholisi 2012-yil referendumida 51-shtat sifatida AQShga qo'shilish istagini bildirgan, ammo Kongress bu haqda hali qaror qabul qilmagan.

Hamjamiyat defoltga uchrasa, orol, uning aholisi va kreditorlar og'ir ahvolda qolishi aytilmoqda. Gubernator Puerto-Rikoning moliyaviy ahvolini o'rganishni Xalqaro valyuta jamg'armasi va Jahon bankining sobiq mutaxassislaridan so'ragan.