Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir paytlar Sovet Ittifoqining qulashini o’tgan asrning “eng ulkan geosiyosiy fojiasi” deya atagan edi. Ayrim kuzatuvchilar fikricha, oradan 20 yil o’tib, Putin Sovet Ittifoqining yengil shaklini yaratmoqchi. Rossiya rahbarining Tojikistonga safari ham shu yo’ldagi qadamlardan biri, deydi tahlilchilar.
Prezident Putinning Dushanbega tashrifi chog’ida Rossiya harbiy bazasining bu mamlakatda qolish muddati yana 30 yilga uzaytirildi. 7000 rus askarini o’zida jamlagan qarorgoh Rossiyaning xorijdagi eng yirik harbiy kontingenti hisoblanadi.
Buning evaziga rasmiy Moskva Rossiyadagi tojik ishchi muhojirlariga ishlash uchun uch yillik ruxsatnoma beradigan bo’ldi. Har yili bir milliondan ziyod Tojikiston fuqarosi ish izlab Rossiyaga boradi. Ularning bir yillik daromadi uch milliard dollardan oshadi. Bu nochor Tojikiston iqtisodiyoti uchun muhim tayanch.
Dushanbeda harbiy bitim imzolanayotgan bir paytda Rossiya, Tojikiston, Qozog’iston va Qirg’iziston harbiy samolyotlari “Musaffo osmon” deya nomlangan 10 kunlik qo’shma harbiy mashqlarni boshladi.
Kremlda esa Rossiya Dumasi a’zolari Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili partiyasining saylovdagi mag’lubiyatini nishonlamoqda. Gruziyaning yangi bosh vaziri bo’lishi kutilayotgan milliarder Bidzina Ivanishvili daromadini, asosan, 1990-yillar Moskvada boshlagan biznesi orqali topgan.
Strategik va xalqaro munosabatlar bo’yicha Gruziya jamg’armasi prezidenti Aleksandr Rondeli fikricha, saylovdan so’ng Tbilisi va Moskva aloqalari iliqlashishi mumkin.
So’nggi ikki asr davomida Gruziya Moskva nazorati ostida bo’lgan. 2008-yil ikki davlat o’rtasida kelib chiqqan qisqa muddatli urush natijasida aloqalar keskin sovuqlashgan.
Rondelining aytishicha, Kreml Tbilisini yana o’z ta’sir doirasiga olishni istaydi. Rasmiy Moskvaga ko’ra, gruzinlar buni tabiiy bir hol sifatida qabul qilishi kerak, deydi tahlilchi.
Vladimir Putin 2015-yilgacha Yevrosiyo Ittifoqini tuzish niyatida ekanini o’tgan yili aytgan edi. Janubiy Kavkaz loyihasi direktori Lorens Shitsga ko’ra, Gruziyani qaytarib olish bu yo’ldagi birinchi muhim qadamdir.
“Putin Sovet Ittifoqini yangi ko’rinishda yaratish istagida, - deydi tahlilchi. - Shu yo’lda Gruziyaga bosim o’tkazilmoqda. Uni yana qaytarib olish uchun”.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ham Gruziyani Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga qaytarishga urinmoqda. Hozir 15 sobiq Sovet respublikasining to’qqiztasi hamdo’stlikka a’zo.
Ammo Tbilisida NATO rasmiylari bilan uchrashgan Ivanishvili Gruziya NATOga qo’shilish qarorida qat’iy ekanini ta’kidladi.
Putin uchun Gruziyaning NATOga qo’shilishi kechirilmas xato.
Rossiya rahbari ko’zlagan ittifoq federativ shaklda bo’lib, unga a’zo suveren davlatlar tashqi siyosati, mudofaasi va iqtisodiyotini Kreml boshqaradi. Umumiy pul birligini yaratish bo’yicha ham takliflar o’rtaga tashlangan, ammo yevro inqirozi boshlangandan beri bu tashabbus to’xtab turibdi.
Rossiya va sobiq Sovet davlatlarini o’rganuvchi londonlik tahlilchi Lilit Gevorgyan nazarida Rossiya global sahnada muhim vositachiga aylanmoqchi. Putin mamlakatining dunyodagi siyosiy va iqtisodiy ta’sir doirasini oshirish uchun, avvalo, sobiq Sovet o’lkalarini Moskva tasarrufiga qaytarish lozimligini yaxshi tushunadi, deydi siyosatshunos Gevorgyan.
Rossiya, Belarus va Qozog’iston o’rtasida yanvar oyida tuzilgan Bojxona ittifoqi bu yo’ldagi ilk qadam. Tojikiston va Qirg’izistonning ham yaqin orada ittifoqqa qo’shilishi kutilmoqda. Ammo Rossiyadan keyin eng ko’p aholiga ega Ukrainaning o’jarligi ittifoq kengayishiga eng katta to’siq bo’lib turibdi.
2010-yilning yanvarida Viktor Yanukovich Ukraina prezidentligiga saylangach, Kreml uchun hammasi joyida bo’ladigandek tuyuldi. Yanukovich Qrimda Rossiya harbiy-dengiz floti ishlatayotgan Sevastopol bazasi ijara muddatini yana 25 yilga uzaytirdi. Ammo Kiyevning Yevropa Ittifoqiga qo’shilish istagi Rossiya xohishlari yo’lida to’g’anoq bo’lmoqda.
O’tgan bir yarim yil ichida Kremlning Kiyevga muzokara uchun yuborgan qator delegatsiyalari Moskvaga quruq qo’l bilan qaytdi.
“Bular Rossiyaning o’ziga ortiqcha ishonib yuborganini ko’rsatadi, - deydi tahlilchi Gevorgyan. - Ular buni xohlashi mumkin. Shu yo’lda harakat qilishlari mumkin. Ammo hukumatga o’zlari istagan odamlarni qo’yishga kuchi yetmaydi”.
Putinning Yevrosiyo Ittifoqini 2015-yilgacha tuzishiga sabab shuki, deydi moskvalik tahlilchilar, AQSh Iroq va Afg’onistonni 2-3 yilda tark etib, asosiy e’tiborini Rossiyaga qaratadi. Agar Amerika prezident saylovlarida Mitt Romni g’olib bo’lsa, jarayon yanada tezlashadi. Chunki respublikachi nomzod Rossiyani AQShning eng katta dushmani sifatida ko’rishini aytgan edi.
Your browser doesn’t support HTML5