Din

Nyu-Yorkdagi Qur’on musobaqasida o’zbekistonlik ishtirokchi g’alaba qozondi

11 yashar Ibrohim Rustam Qur'onni bir yildan beri mutolaa qiladi

10-mart kuni Nyu-Yorkning Bruklin rayonida Qur’on musobaqasi o’tkazildi. Amerika musulmonlari birligi uyushmasi tomonidan uyushtirilgan ushbu tadbirda Amerikaning 20 dan ortiq shtati va Kanada shaharlaridan 9 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan 45 nafar madrasa o’quvchilari bellashdi.

Your browser doesn’t support HTML5

Nyu-Yorkdagi Qur’on musobaqasida o’zbekistonlik ishtirokchi g’alaba qozondi

O’zbekistonlik 11 yashar muhojir Ibrohim Rustam musobaqada birinchi o’rinni egalladi. Ibrohim asli toshkentlik bo’lib, yaqinda Florida shtatining Orlando shahrida ochilgan Al-Buxoriy islom markazida diniy ta’lim oladi, Qur’onni bir yildan beri mutolaa qiladi.

Nyu-Yorkdagi Qur’on musobaqasida o’zbekistonlik ishtirokchi g’alaba qozondi

Markazda bolalarga, jumladan Florida shtati va Orlando shahrida yashayotgan o’zbekistonliklarga Qur’on, Hadis, fiqh va boshqa diniy ta’limotlardan saboq beriladi. Undan tashqari dunyoviy fanlar, ta’lim-tarbiya va boshqa bilimlar ham o’rgatiladi.