Iroqning Ramadi shahrida jangarilardan qutqarib olingan qariyb 50 oila xavfsiz joyga ko'chirilgan.
Iroq rasmiylarining aytishicha, "Islomiy davlat" to'dasi bu odamlardan tirik qalqon sifatida foydalanib kelgan.
Qishning sovug'ida BMT Qochqinlar idorasi va mahalliy ma'murlar bu oilalarni yegulik, ichimlik suvi va boshpana bilan ta'minlashga oshiqayapti.
Aksariyat qochqinlar poytaxt Bag'doddan g'arbdagi lagerlarga joylashtirildi.
Iroqda mahalliy armiyaga yordam berayotgan koalitsiyaning bildirishicha, Ramadining u yer-bu yerida hanuz jangarilar qolmoqda va shahar xavfsiz emas.