AQShda Respublikachilar partiyasining saylovoldi qurultoyi boshlandi

  • Amerika Ovozi

AQShda Demokratik partiyaning saylovoldi qurultoyi ketidan Respublikachilar partiyasi shu hafta Shimoliy Karolinaning Sharlot shahrida o’xshash tadbir o’tkazmoqda. Unda amaldagi rahbar Donald Tramp partiyadan prezidentlikka rasman nomzod sifatida ko’rsatiladi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 24-avgust, 2020-yil

Joriy yilda Tramp qator muammolar bilan yuzlashmoqda – koronavirus, pandemiya vujudga keltirgan ishsizlik va iqtisodiy taranglik, irqiy va ijtimoiy adolatsizlikka qarshi namoyishlar. Mamlakat bo’ylab o’tkazilgan qator so’rovlarda Tramp demokrat nomzod Jo Baydendan ortda qolmoqda.

Shunga qaramay, Oq uy ma’muriyati rahbari Mark Medovs Tramp imkoniyatlarini yuqori baholadi.

“Tramp mehnatsevar amerikaliklar ehtiyojlarini qondirish yo’lida men bilgan va men eshitgan oldingi prezidentlardan ancha ko’p ish qilyapti”, - dedi u.

Bayden kaliforniyalik senator Kamala Harrisni vitse-prezidentlikka nomzod sifatida tanladi. Qora tanli siyosatchi ayol ham qora tanlilar, ham ayollar ovozlarini olishda yordam berishi kutilmoqda. oshlandi Keyt Bedingfildning aytishicha, nomzod prezidentlikka saylansa, mamlakatni birlashtirishga harakat qiladi.

“Jo Bayden o’zgarishlarni amalga oshirish uchun, yordamga muhtoj odamlarni qo’llab-quvvatlash uchun, pandemiyadan zarar ko’rgan kichik bizneslar va ishchi oilalarga yordam berish uchun turli xildagi odamlar bilan muloqotga tayyor”, - dedi u.

Respublikachilar partiyasi qurultoyining 2400 dan ziyod delegatidan 336 nafari bugun Sharlotda uchrashadi, shundan so’ng qurultoy virtual shaklda davom etadi.

Tramp oilasi a’zolari tadbirda ma’ruza qilishi rejalangan. Prezident payshanba kuni partiya nomzodligini qabul qilib, delegatlarga Oq uydan murojaat qiladi.