15-avgust kuni 105 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi og‘ir atletikachilar musobaqasida o'zbekistonlik Ruslan Nuriddinov barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ruslan dast ko‘tarishda 194, siltab ko‘tarishda 237 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirib, Olimpiada chempioniga aylandi. Ayni paytda u 2008-yilgi Olimpiada rekordini ham yangiladi.
Shu bilan medallar soni bo'yicha davlatlar reytingida O‘zbekiston 25-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
O‘zbekiston olimpiadalar tarixida shu paytgacha eng yaxshi natijani 2014-yil Afinada ko'rsatgan. O'shanda o'zbekistonlik sportchilar 2 oltin, 1 kumush va 2 bronza medalini qo'lga kiritgan edi. Bu yilgi olimpiadada esa hozirgacha 2 ta oltin va to'rtta bronza medali bor. Bundan tashqari, kamida bitta kumush va yana bitta bronza medali naqd qilingan. Ular finalga chiqish va finaldagi natijaga ko'ra oltin yoki kumushga aylanishi mumkin.
Ayni paytda boks bo'yicha bir necha sportchi musobaqada g'alabali chiqishlarini davom ettirmoqda.
Medallar soni bo'yicha Markaziy Osiyoda hozircha eng yaxshi ko'rsatkich Qozog'istonga tegishli. U 2 oltin, uch kumush va 5 bronza bilan ro'yxatning 16-o'rnida ketmoqda.
Ertaga, 17-avgust kuni 91 kg. vazn toifasida O'zbekiston va Qozog'iston bokschilari final jangida bellashadi. Agar unda Shahrom G'iyosov g'olib chiqsa, O'zbekiston oltin medallari soni uchtaga yetib, Qozog'istondan oldinga o'tib ketadi.
Medallar soni bo'yicha davlatlar reytingi: