Rossiya, Turkiya va Eron Suriya bo'yicha kelisha olmadi

  • Amerika Ovozi

Suriya osmonidagi rus qiruvchi samolyoti

Qozog'iston poytaxti Ostonada o'tgan muzokarada Rossiya, Turkiya va Eron Suriyada xavfsiz zona yaratish yuzasidan kelisha olmagan.

Moskva va Tehron Suriya hukumatini quvvatlab keladi. Turkiya esa Prezident Bashar al-Assadga qarshi kurashayotgan kuchlar tomonida. Lekin bu davlatlar birga to'rt maxsus hudud belgilashga bel bog'lagan. Hozircha bu borada kelishuv yo'q.

Keyingi muzokara ham Ostonada. Avgust oyi oxirigacha ular til topishish niyatida.

Kreml va Damashq rasmiylari Turkiyani ularning takliflariga ko'nmaganlikda ayblamoqda. Prezident Rajab Toyyip Erdo'gan bu haqda Gamburda Katta Yigirmalik yig'inida Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan muloqot qiladi.

Suriyada tinchlikka erishish yo'lida BMT vositachiligida Jenevada o'tgan tinchlik muzokaralari ham samara bermagan.

2011-yilda boshlangan urushda shu kungacha, rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 32 ming odam o'lgan. BMT Suriyada insoniyatga qarshi jinoyatlar yuzasidan tekshiruv boshlagan.