Rossiyada ishchi muhojirlar kasaba uyushmasi bo’lib, a’zolari soni 30 mingdan oshadi. Potensial migrantga maslahat berib, huquqini himoya qilishga, maoshini undirib berishga qurbimiz yetadi, deydi idora raisi Renat Karimov.
“Kasaba uyushmasi kuchli yoki zaif ekani uning a’zolari soni bilan va sifati bilan belgilanadi. Profsoyuzning salohiyati-qudrati uning a’zolarida”, - deydi Renat Karimov, Qurilish, kommunal xo’jaliklar va shunga o’xshash boshqa sohalarda band ishchi migrantlar kasaba uyushmasi (Профсоюз трудящихся мигрантов занятых в строительстве, жилищно-коммунальном хозяйстве и смежных отраслях) raisi.
Uning aytishicha, profsoyuz (http://www.profmigr.com) a’zolari qanchalik faol bo’lsa, uyushma ham kuchga to’ladi va ishchi muhojirlarni yaxshiroq himoya qila oladi.
“Hatto hozirning o’zida, zaif ko’ringan kasaba uyushmamiz alohida ishchi migrantni mudofaa qilishga qodir. Masalan, muhojirlar 400 kishi bo’lib bizga murojaat qilganida va ish beruvchi maosh to’lamayotganidan shikoyat qilganida, ularning haqqini undirib berganmiz. 12 million rubl oylikni to’lab berishdi shunda odamlarga”, - deydi suhbatdosh.
Idora, jumladan, ko’cha-kuyda migrant politsiyachi bilan bahslashib qolganida oraga tushishi mumkin. Huquq-tartibot xodimlari kerakli hujjatlar bo’lsa ham qo’shimcha ma’lumot talab qilgan paytlar yo’q emas. Sudlarda ham migrantning haqqini himoya qilamiz, deydi Renat Karimov.
“Ishchi muhojirlar mamlakat ravnaqi uchun, birinchidan, o’z oilasi uchun va Rossiya uchun xizmat qilayapti. Bu insonlar Rossiyada shartnoma asosida ishlashi uchun ajratilgan kvota bir million 745 kishini tashkil etadi. Oxirgi to’rt yilda bu kvota sekin-asta qisqarib borayapti va shu tariqa noqonuniy muhojirlar soni tobora oshib bormoqda”, - deydi idora raisi.
Mamlakatda qolish, ishlash tartibini buzgan odam ma’muriy jazo bilan yuzlashadi. Biroq 2013-yilning yanvaridan boshlab bu kabi qonunbuzarlik keskin jazoga loyiq ko’rilmoqda. Rossiyaga borishni mo’ljallayotgan ischi kadrlar buni inobatga olishi kerak. Bugun taxminan 10 million ishchi migrant bo’lsa, ularni nafaqa bilan ta’minlash, tibbiy xizmatni kafolatlash, ijtimoiy yordam kabi masalalar hali yechimini topmagan.
Huquq faollari nazarida Rossiya ishchi migrantlarning arzon xizmatidan foydalanib keladi, lekin ularni jamiyatga integratsiya qilishga shoshmayapti. Biroq Renat Karimovga ko’ra, muhojirlar oyligi va fuqarolar maoshi o’rtasida farq katta emas.
“Masalan, Moskvada muhojirlar oyiga 15 ming rubl (taxminan 500 dollar) dan kamga ishlamaydi. Sabablari ko’p, xususan, ijara haqi, yegulik qimmat va bu pul yetmaydi. Axir, oilalarga ham jo’natishga qolishi kerak-ku. Oblastlarga kelsak, fuqarolar ham muhojirlardan ko’p maosh olmaydi”, - deydi Karimov.
Kasaba uyushmasining gazetasi bor, adadi 20 ming nusxa – “Вести трудовой миграции”. Har bir migrantga tarqatishni odat qilganmiz, Tojikistonga ham jo’natamiz, deydi Renat Karimov.
“Matbuotda, xususan, “MIR” telekanalida chiqishlar qilamiz. Bizni bilganlar tanishlarga, yurtdoshlarga aytadi. Tojikistondan, O’zbekistondan odamlar qo’ng’iroq qilib, maslahat so’rashadi, ish topishda yordam berib yuboring, deb so’rashadi. Olti yillik faoliyatimiz davomida ancha-muncha odam tanib qoldi bizni. Lekin immigratsiya ko’lamini oladigan bo’lsak - 10 million muhojir va 30 ming kishilik kasaba uyushmasi – profsoyuz dengizdan bir tomchi, xolos”, - deydi Renat Karimov.
Renat Karimov “Amerika Ovozi” bilan suhbatdan foydalanib, O’zbekiston fuqarolariga murojaat qiladi.
“Muhojirlar real vaziyatni bilib, ko’zni katta-katta ochib kelsin. Hozirning o’zida Rossiyada ishchi muhojirlar soni hukumat belgilagan kvotadan, iqtisodiyotga kerakli degan normadan besh baravar ko’p. Rossiyaga oshiqayotgan migrantlar bilishi kerakki, shartnoma asosida ish topishi gumon va ular noqonuniy muhojirlar safini to’ldiradi, xolos”, - deydi u.
Rossiya Federatsiyasiga borib, bir amallab ish toparman, deb o’ylamang, deya ogohlantiradi mutaxassis.
“Qo’shnim borib, uch yilda ish topdi, men ham shunaqa qila olaman, deb xato qilmang. Bizning kasaba uyushmamizga telefon qiling, internet orqali bog’laning, konkret tashkilotga kirmoqchi bo’lsangiz, u yerdagi ahvolni o’rganib chiqishimiz mumkin. Xullas, muhojir sog’-omon kelib ketishi uchun yordam berishga harakat qilamiz”, - deydi Renat Karimov, Ishchi migrantlar kasaba uyushmasi raisi.
Your browser doesn’t support HTML5

Muhojirlar oyligi va fuqarolar maoshi o’rtasida farq katta emas.
“Masalan, Moskvada muhojirlar oyiga 15 ming rubl (taxminan 500 dollar) dan kamga ishlamaydi. Sabablari ko’p, xususan, ijara haqi, yegulik qimmat va bu pul yetmaydi. Axir, oilalarga ham jo’natishga qolishi kerak-ku. Oblastlarga kelsak, fuqarolar ham muhojirlardan ko’p maosh olmaydi”, - deydi Karimov.
Kasaba uyushmasining gazetasi bor, adadi 20 ming nusxa – “Вести трудовой миграции”. Har bir migrantga tarqatishni odat qilganmiz, Tojikistonga ham jo’natamiz, deydi Renat Karimov.
“Matbuotda, xususan, “MIR” telekanalida chiqishlar qilamiz. Bizni bilganlar tanishlarga, yurtdoshlarga aytadi. Tojikistondan, O’zbekistondan odamlar qo’ng’iroq qilib, maslahat so’rashadi, ish topishda yordam berib yuboring, deb so’rashadi. Olti yillik faoliyatimiz davomida ancha-muncha odam tanib qoldi bizni. Lekin immigratsiya ko’lamini oladigan bo’lsak - 10 million muhojir va 30 ming kishilik kasaba uyushmasi – profsoyuz dengizdan bir tomchi, xolos”, - deydi Renat Karimov.
Muhojirlar 400 kishi bo’lib bizga murojaat qilganida va ish beruvchi maosh to’lamayotganidan shikoyat qilganida, ularning haqqini undirib berganmiz.