Rossiya yangi raketasini sinovdan o'tkazdi

  • Amerika Ovozi

Rossiya suvosti kemasi, Kamchatka

Rossiya qit'alararo bomba tashiydigan yangi raketasini Barents dengizida sinab ko'rgan. Amaliyotlar ijobiy natija berdi, deydi rasmiylar.

"Bulava" rusumidagi vositalar xususida gap ketmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligining bildirishicha, raketalar Kamchatka yarimorolini nishonga olgan. 8 ming kilometrgacha bo'lgan masofaga yeta oladi va ularga 10 tagacha atom bombasi joylashtirsa bo'ladi.

"Bulava" ustida 2009-yildan beri ishlab kelinadi. Ilk sinovlar qoniqarli kechmagan. Biroq kecha bu vosita sinovdan o'tgan. Yer, dengiz va havodan otsa bo'ladi.