Aleksey Navalniy Moskva meri bo'lmoqchi

  • Amerika Ovozi

Moskva, 20-iyul, 2013

Shu hafta Kirov shahrida moliyaviy firibgarlikda aybdor deb topilib, besh yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan Aleksey Navalniy, Rossiya muxolifati liderlaridan biri, bugun Moskvaga qaytdi va bu shahar meri bo’lish uchun harakat qilmoqchi.

Your browser doesn’t support HTML5

"Amerika Ovozi" xabarlari, 20-iyul, 2013


Ishi apellyatsiya sudida ekan, u qo’yib yuborgan. Merlikka nomzodini qo’yishga haqqi bor, deydi advokatlar.

Poyezd vokzalida uni minglab tarafdorlari guldasta va hayqiriqlar bilan kutib olgan.

“8-sentyabrdagi saylovda o’z nomzodimni qo’yaman va sizning quvvatlovingiz bilan albatta yutaman”,-deydi Navalniy.

Amerika va Yevropa Ittifoqi nazarida Navalniyning sudlanishi muxolifatga nisbatan adolatsizlikdir.

37 yoshli oppozitsionerga qo’yilgan ayblar soxta ekani hech kimga sir emas, deydi Ketrin Eshton, Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirasi.

Aleksey Navalniy o’tgan yili prezident Vladimir Putinga qarshi ommaviy chiqishlarga boshchilik qilgan.

Putin - diktator, deydi u, jamoatchilikni siyosiy faollikka undar ekan.