Rossiya besh Skandinav davlatini qo'shma mudofaa bitimini tuzgani uchun tanqid qilmoqda. Rossiya Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, Islandiya, Norvegiya, Daniya, Finlyandiya va Shvetsiya mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik masalasida to'qnashuv yo'lidan bormoqda.
Bu besh mamlakat Rossiyaning Ukrainadagi agressiv harbiy harakatlari ularni hamkorlikni kuchaytirishga majbur qilganini bildirmoqda.
So'nggi bir yilda Rossiyaning G'arb bilan munosabatlari taranglashgan. Kreml NATOni uning chegaralari tomon kengayayotganlikda ayblamoqda. G'arb nazarida esa Rossiya qo'shni Ukraina sharqidagi isyonchilarga harbiy ko'mak uzatmoqda.
Skandinav davlatlari Rossiyaning Boltiq dengizi atrofidagi mamlakatlarda razvedka faoliyati kuchayganini, chegarada noxush holatlar ko'payayotganini, Rossiyaning harbiy harakatlari Yevropa xavfsizligiga tahdid solayotganini ta'kidlaydi.