Rossiya inson huquqlariga doir ilk hisobotda AQShni tanqid qildi

  • Amerika Ovozi

Rossiya inson huquqlariga doir ilk hisobotda AQShni tanqid qildi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ilk bor jahonda inson huquqlari ahvoliga doir hisobot chop etdi. Ammo AQShning yillik hisobotidan farqli o'laroq, hujjat barcha davlatlarni o'z ichiga olmagan.
Asosiy urg'u AQSh va NATOga qaratilgan.

Hisobot AQShning Guantanamodagi harbiy qamoqxonasini tanqid qilib, Oq uyni jinoyatga qo'l urgan rasmiylar va razvedka xodimlarini o'z himoyasiga olayotganlikda ayblaydi.

90 sahifali hujjatda aytilishicha, AQSh hukumati oddiy fuqarolarning shaxsiy hayotiga aralashib, erkinliklarini cheklagan. Odatda AQShning inson huquqlariga doir hisobotlarida Rossiya doim tanqid qilinadi va Kreml Amerika ayblovlarini qoralab kelgan.

Rossiya hisobotida NATOning Liviyadagi operatsiyasi ham tanqidga olinib, havo hujumlari oqibatida ko'plab begunoh odamlar halok bo'lgani aytiladi. Hujjat NATO harakatlarini tergov qilishga chaqiradi.

Unda, shuningdek, Kanada, Germaniya, Fransiya, Gruziya, Polsha, Shvetsiya, Buyuk Britaniya kabi yana bir necha davlatdagi ahvol tilga olinadi. O'zbekiston haqida ma'lumot yo'q.