“Amerika Ovozi” va “Ozodlik” Dumaga kiritilmaydi

  • Amerika Ovozi

Duma

“Amerika Ovozi” va “Ozodlik” radiosining Rossiyadagi muxbirlari parlament faoliyatini yoritishda katta to’siqqa duch keldi. Duma bu tashkilotlar jurnalistlarining akkreditatsiyasini olib qo’yishga ovoz berdi.

Kecha Rossiya Adliya vazirligi AQSh hukumati moliyasiga faoliyat yurituvchi to’qqizta matbuot organini xorij agenti sifatida belgiladi.

Bu o’tgan oy AQSh Adliya vazirligining Rossiyaga tegishli “RT” telekompaniyasini (sobiq "Russia Today") xorij agenti sifatida ro’yxatdan o’tkazganiga javob sifatida ko'rilmoqda. Buning natijasida Kongress “RT” jurnalistlarini akkreditatsiyadan ayirdi.

“Amerika Ovozi” direktori Amanda Bennettning aytishicha, Rossiyada ishlash oldindan qiyin, yangi cheklovlar vaziyatni yanada murakkablashtiradi. Biroq, deydi u, tashkilot mamlakatni yaqindan yoritishda davom etadi.