Your browser doesn’t support HTML5
Amerikaning katta shaharlarida tirband yo'llarda jamoat va xususiy transportda manzilga yetib olish ko'p hollarda azob, hayot yo’lda o’tib ketishi mumkin. Shu bois San-Fransiskoda yo’lovchilar kemalarga minadi.
San-Fransiskoda tramvaylar sayyohlarni manzilga eltadi. Mahalliy aholi o’zining mashinasi, taksi, jamoat transporti va metrodan foydalanadi. Lekin tobora ko’proq odamni jalb qilayotgan kemalar afzalroq, deydi yo’lovchi Den Xaggerti, atrofni tomosha qilasiz, mayin shabada esib turadi.
“Poyezdlardan tezroq yetkazadi boradigan joyingizga. Tongda va kechqurun ishdan qaytishda paromda o’tirishga nima yetsin?” – deydi u.
Yo’lovchi Kristin Lorlayn oldin doim rulda o’tirar edi, hozir kemaga o’rganib qoldi.
“Nuqul mashinada diqqinafas bo’lib o’tiraverardim. Toza havodan odamlar bilan suhbatlashib ishga borgan umuman boshqa ekan. Kema yo’lovchilari juda ochiq”, - deydi Lorlayn.
Jazirama issiqda, qishning sovug’ida Bob Bodnar kabilar doim kemada.
“Paromga har qanaqa havoda chiqaman. Metroda yurmay qo’yganimdan hech afsus qilmayman”, - deydi Bodnar.
Kema haydovchisi Ernest Sanchez buning foydasini tushuntiradi.
“Har bir paromga ko’pi bilan 388 odam sig’adi. Ular, tasavvur qiling o’nlab mashinada emas, bitta katta mashinada manzilga yetadi. Kemada qatnash tabiatga ham foyda”, - deydi Sanchez.
Hukumat bunaqa kemalarni qo’shni Richmond va Berkli shaharlarigacha qatnatib qo’ymoqchi.
Tadqiqotchilar paromlarni muqobil energiya manbalariga ko’chirish yo’llarini izlayapti. Hozir, masalan, mana bunaqangi yelkanlar sinovdan o’tmoqda. Yengil xomashyodan ishlangan yelkan kemaga qadalsa, dvigatelga quvvat bo’ladi va yonilg’i kamroq ketadi. Dastlabki raqamlarga qarasak, benzin 25 foizgacha tejalar ekan.
Kaliforniya universitetidan Tim Lipman suv va yer transportini o’rganib keladi.
“You can hold a certain course, to have a passenger ferry run along a prescribed course, and simply use the wing where it’s advantageous to assist the boat moving forward, and then let it drift if it’s not advantageous, and simply use the motor on the boat.”
Gibrid kemalar ishga tushishiga hali bir necha yil bor. Ungacha San-Fransiskoda minglab odamlar paromda ishga qatnayveradi, atrofni tomosha qilib maza qilaveradi.
Your browser doesn’t support HTML5