Din

Imom Saraxsiyning 1000 yilligi xotirlandi

O'shda juma namozi

Qirg’izistonning O’sh sharhrida musulmon dunyosining yirik ulamosi Muhammad Ahmad Abi Sahl Abu Bakr al-Saraxsiy tavalludining ming yilligiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy anjuman o’tkazildi.

Your browser doesn’t support HTML5

Imom Saraxsiy - 1000 yillik tarix - Muhiddin Zarif


Rivoyatlarga ko’ra, Imom Saraxsiy Qoraxoniylar davrida qadim O’zgan shahrida o’zining eng mashur asarini yaratgan.

O’zgan tarixiy yodgorliklar majmuasi idora boshlig'i, tadqiqotchi Avazbek Tursunboyev bir necha yildan buyon Sarahsiy hayoti va faoliyatini o'rganadi.

"Bu inson XI asrda yashagan islom fikxchi olimi, oddiy til bilan aytganda islom huquqshunosi. U shariat qonunlarini sharhlab, qo'llanishga qulay qilib qoldirgan. Uning asarlaridan biri hozirgacha sharq mamlakatlarida qo'llaniladi”, - deydi Avazbek Tursunboyev.

Saraxsiy Xurosonda, hozirgi Turkmaniston va Eron chegarasida joylashgan Saraxs shahrida tavallud topgan. Buxoroda ilm olgan. Imomlarning quyoshi, deb tan olingan.

Keyinroq Qoraxoniylarning bosh shaharlaridan biri bolgan O'zganga taklif qilingan. Uning baho va xulosalari podshoga yoqmagan. Xullas, o'zining mashhur "Mabsut" asarini zindonda yozgan, deyishadi.

"Saraxsiy mozori O'zganda ekani qadimdan ma'lum va saqlanib qolgan. Ammo Sovetlar davrida uning kimligini aholi bilmagan. Uni faqat mustaqillik yillari tanidik. Allomaning O'zgandagi izlari haqidagi xabarlarimiz ayniqsa Turkiyada shov-shuvga sabab bo,ldi. Turkiya Diyonat vaqfi alloma maqbarasi va kutubxona qurishda ko'maklashishga xohish bildirdi",- deydi Avazbek Tursunboyev.

Saraxsiy tavalludining ming yilligiga bag'ishlangan ilmiy anjumanda olti davlatdan kelgan olimu-ulamolar qatnashdi. Avazbek Tursunboyev ushbu yig'in va umuman alloma hayoti borasida izlanishlardan ko'p narsa kutadi. U olimning kitoblari mahalliy tillarda chop etilishi, yangi avlodda ma'naviy merosga qiziqish kuchayishini orzu qiladi.