Vashington choyxonasi: Sietl-Toshkent o'rtasidagi 45 yillik do'stlik

  • Amerika Ovozi

Sietl shahridagi Toshkent parki

O’tgan hafta "Vashington choyxonasi" dasturini AQSh va O’zbekiston o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatilganining 25 yilligiga bag’ishlagan edik.

Toshkent va AQSh o’rtasida norasmiy aloqalar o’rnatilishi tarixi aslida sovet davrlariga borib taqalishini balki ko’pchilik bilmas. Ammo aslida shunday. Masalan, Toshkent shahri qariyb 45 yil oldin AQShning Sietl shahri bilan birodar tutingan. Buning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, o’sha paytda Toshkent Sovet Ittifoqi bo’ylab AQShdagi shahar bilan do’stlik o’rnatgan birinchi shahar bo’lgan.

Sietl-Toshkent birodarlashgan shaharlar assotsiatsiyasi rahbarlaridan biri Shohida Ismailovani bugun dasturimizga taklif qildik. Ular bilan Skype orqali o'tkazilgan suhbatni quyida tomosha qiling.

Your browser doesn’t support HTML5

Vashington choyxonasi: Sietl-Toshkent birodarlashgan shaharlar assotsiatsiyasi