Shuhrat Rustamov: O'zbekistonda tuzum buzuq, adolatparvar rahbar kerak

예멘 경찰 감식요원들이 사우디아라비아가 주도하는 공습으로 파괴된 수도 사나의 장례식 현장을 살피고 있다.

63 yoshli huquq himoyachisi Shuhrat Rustamov O'zbekiston prezidentligi uchun internetda ketayotgan tanlovda qatnashib, yurtdoshlari ishonchini qozonish payida.

Xorijdagi o'zbek faollari tashabbusi bilan tuzilgan Virtual saylov komissiyasi 12 nomzodni ro'yxatga olgan va ular uchun ovoz berish jarayoni 1-martda boshlandi. Natija O'zbekistondagi saylovdan keyin e'lon qilinadi.

Muqobil nomzodlar Oqsaroydagi rahbarlik kursisi ularga tegmasligini biladi. Lekin virtual saylov - demokratik mashq, o'ziga xos sinov.

"Men prezident bo'lganimda..." deb og'izni ko'pirtirsangiz, qani, maydonga chiqing. Maqsadingizni tushuntiring. Rahbar bo'lishga arzigulik odammisiz, marhamat, o'zingizni bir sinang, jamoatchilik qanday baholarkin.

Shuhrat Rustamov uzoq yillik tajribaga ega huquq himoyachisi. 1990-yillarda bir yildan oshiq qamoqda o'tirgan. Sababi - tuzumning ustidan shikoyat qilgani. Matematikadan dars bergan, hozirda nafaqaxo'r. Pensiyasi 50 dollarga ham yetmaydi. Lekin umidni boy bermagan.

Muqobil nomzod ekan, real prezident bo'la olmaydi, biroq raqiblari singari uning ham niyati shuki, O'zbekiston va xorijdagi fuqarolar orasida fidoyi insonlar ko'p va ularning fikr-g'oyalarini keng jamoatchilik bilishi kerak.

Vatan kelajagi yulg'ich mansabdorlar yoki bir kishini to'rtinchi bor prezidentlikka saylaydigan tizim emas, fuqarolar qo'lida, deydi bu nomzodlar.

Shuhrat Rustamov O'zbekistonni boshqarayotgan tuzumni diktatura deb biladi. Uning ildiziga bolta urilmas ekan, vaziyat yaxshilanmaydi, deydi u.

Qonun ustuvorligini ta'minlash lozim. Korrupsiya va poraxo'rlikka qarshi keskin kurash boshlash kerak. Tub islohotlar zarur. Bular uchun kuchli iroda va vaqt kerak. Hamma narsa rahbarning qo'lida emas, biroq u qonunga bo'ysunadigan va uni yaxshi tushunadigan odam bo'lishi shart, deydi Rustamov.

Quyida suhbatimizni tinglang.

Shuhrat Rustamov, pensiyadagi o'qituvchi, 63 yoshda, Toshkentdan

Your browser doesn’t support HTML5

Prezidentlikka virtual, muqobil nomzod Shuhrat Rustamov bilan suhbat - Navbahor Imamova