G’arbda Markaziy Osiyo mamlakatlari “stans”, ya’ni “istonlar” nomi bilan ham tanilgan. Qiziqish katta bo’lsa-da, amerikaliklar asosan Yevropa, Lotin Amerikasi va uzoq Osiyoga safar qilishni ma’qul ko’radi. Markaziy Osiyoga borish u yoqda tursin, bu mintaqa haqida biladiganlar ham ko’p emas. Lekin biladiganlar mintaqaning ashaddiy shinavandalari. Ulardan biri hozirda nafaqaga chiqqan jurnalist hamkasbimiz Judit Leytem (Judith Latham). Yaqinda xonim besh respublika bo’ylab sayohatda bo’ldi.
Your browser doesn’t support HTML5
Bu jihatdan esa, deydi hurmatli hamkasbim, O’zbekiston va uning atrofidagi “istonlar”ga yetadigani yo’q.
"Yaxshi turistik firma topsangiz bas… Mintaqadagi sayyohlik bizneslari bilan ishlaydigani bo’lsin. Ular hammasini uyushtirib beradi. Safar arzon emas. Necha kunga va qayerlarga bormoqchiligingizga qarab, 5-10 ming dollarga tushadi. Sovg’a-salom bilan qaytmoqchi bo’lsangiz, undan-da qimmat”.
Lekin, deya eslatadi Judit Leytem, regiondan gilam va boshqa qimmatbaho mahsulotlar olib chiqish oson emas.
Judit Leytem shu sabab yurtdoshlari va boshqa g’arbliklarni regionga borganda sabr-toqatli bo’lishga undaydi. Sayyohlik – sarguzasht, deydi u. Odam uzoq yurtga bordimi, dunyoqarash va yurakni keng qilishi kerak. O’zga madaniyat, mentalitet va tizimlarni tushunishga majbursiz.
Judit Leytem safarini Qozog’istondan boshladi. Turk havo yo’llari bilan Istanbul orqali Ostonaga bordi. Keyin Bishkekka yo’l oldi. Qirg’izistonni avtobusda tomosha qilgach, samolyotda Toshkentga yetdi. O’zbekistonni avtobusda kezdi. Asosiy nuqtalar – Samarqand, Buxoro va Xiva. So’ngra esa Turkmanistonga uchdi. Ashgabatni piyoda ko’rib chiqdi. Shuningdek, qadim Marvdagi obidalarni ko’zdan kechirdi. Keyin Tojikistonga bordi, xususan Xo’jand bilan tanishdi. Amerikaga Toshkent orqali qaytdi. Judit Leytem olti kishilik guruhda sayohat qildi.
“Qudam shifokor, Jons Xopkins Universiteti tibbiyot fakulteti dekani. “Meditsina so’zi, bilasiz, Abu Ali Ibn Sinoga borib taqaladi. Bu safar Buxorodan bu ulug’ insonning kichik haykalini olib keldim. Bu san’at namunasi endi Vashingtondagi mana shu yirik ilm dargohida turibdi”,- deya hikoya qiladi sayyoh.
Ikkinchi o’zgarish bu bozorlar kichraygani va avvalgi ko’rinishini yo’qotgani. Masalan, Ashgabatdagi katta bozor o’rnini bugun zamonaviy kompleks egallagan, deydi Judit Leytem. Yoyma rastalar, baqir-chaqir, savdolashish… Bularsiz sharq bozori bozormi, deya kuladi u. Buyuk Ipak Yo’lidagi savdo va tijorat kimlarni o’ziga tortmagan…
Muzeylar, ko’rgazma, obidalar va eng muhimi odamlar. Qayerga bormang, sizni tabassum bilan kutib olishadi.
“Ko’rgan sari yana ko’proq ko’rgingiz keladi”,- deydi Judit Leytem.
Your browser doesn’t support HTML5