AQShning sharqiy shtatlari, 75 million aholi yashaydigan katta bir hududda qahraton hukmron. Ikki kundan buyon tinimsiz qor yog’moqda. Aholiga suv va oziq-ovqat g’amlab, uyda o’tirish tavsiya etilgan.
Kamida 10 shtatda favqulodda holat e’lon qilingan, avtohalokatlarda hozirgacha 11 kishi o’lgani ma’lum. Bo’ron sabab poytaxt Vashingtonni qo’shni shtatlar bilan ulaydigan transport tizimi, jumladan, metro ikki kun ishlamaydi.
Hukumat idoralari, maktablar va bizneslar ham yopiq. Yetti mingdan ziyod parvozlar bekor qilingan. Shimoliy Karolina shtatida 100 ming xonadonda elektr toki yo’q.
Tenessi, Jorjiya, Kentuki, Shimoliy Karolina, Nyu-Jersi, Virjiniya, G’arbiy Virjiniya, Merilend va Pensilvaniya singari shtatlar, shuningdek, poytaxt Vashingtonda favqulodda holat e’lon qilingan.
Your browser doesn’t support HTML5