Qirg'iziston janubida qahraton qish boshlandi (fotoreportaj)

O'sh, 22-noyabr, 2012

Shiddatli yomg’ir tunda qorga aylandi. Ertalabgacha qalin qor...

“Mana endi hududda haqiqiy qish boshlandi, desak bo’ladi”, - deydi O’sh viloyat gidrometeorologiya markazi rahbari Bahtiyor Hasanov.

Dov-daraxtlar bir kechada oppoq libosga burkandi. Yengil mashinalar qishki po’stin kiyib olganday. Haykallar ham ajib tus olgan. Bolakaylar uchun qor o’yinidan afzali yo’q.

Har galgidak birinchi qor va umuman qish shahar-qishloqlarni tozalash xizmatlari uchun jiddiy sinov.

Ayni paytda odamlar o’tin-ko’mir g’amlash bilan ovora. Keyingi yillarda Qirg’izistonda ko’mir narxi keskin ko’tarildi. Bir tonnasi o’n ming qirg’iz so’mi atrofida, ya’ni ikki yuz AQSh dollaridan ziyod turadi.

Sovuq tushganiga qaramay, hayot o’z maromida ketmoqda. Qurilish, savdo-sotiq, deganday… Qor ko’p bo’lsa, suv ko’p bo’ladi, to’qchilik bo’ladi, deydi odamlar.

Ulug'bek Sokin olgan suratlar:

O'shda qor yog'di... Qish manzaralari