Janubiy Koreya Prezidenti Pak Gin Xe uning yurtida nafas olish yo'llarini zararlovchi infeksiya tarqalishi munosabati bilan AQShga safarini qoldirgan.
Yaqin Sharq Respirator Sindromi yoyilishi oqibatida Seulda yaqinda yana ikki kishi nobud bo'lgan. Virusdan o'lganlar soni hozir to'qqiz kishiga yetgan.
108 kishida kasallik alomatlari aniqlangani ma'lum. Gonkongda 22 yoshli ayol shamollash belgilari bilan kasalxonaga yetkazilgani, u yaqinda Janubiy Koreyada bo'lib qaytgani aytiladi. Ayol hozir muolaja olayapti, deydi vrachlar.
O'tgan oy 68 yoshli tadbirkor Saudiya Arabistoni va qo'shni davlatlarga safardan qaytib virusni Janubiy Koreyaga olib kirgan. Kasallikka hali davo topilganicha yo'q.
Natijada Janubiy Koreya bo'ylab ikki mingga yaqin maktablar yopildi. Minglab odamlar karantinda. Turizm ancha sustlashgan, odamlar jamoat joylaridan uzoq yurishga harakat qilayapti.
Yaqin Sharq Respirator Sindromi birinchi bor 2012 yilda Saudiya Arabistonida aniqlangan.