Al-Shabab rahbari xurujda o'lganini tasdiqlab, yangi yetakchi tanladi

  • Amerika Ovozi

Somali

Somalida harakatlanayotgan al-Shabab jangari guruhi shu hafta AQSh havo hujumida rahbari nobud bo’lganini tasdiqladi.

Al-Qoidaga aloqador guruhga yangi rahbar tayinlandi. Ahmad Abdu G’odanning o’rniga guruhga endi Abu Ubayd Umar yetakchilik qiladi.

AQSh rasmiylari G’odanning o’limini juma kuni tasdiqlagan. U ketayotgan mashinaga raketa tekkan.

Somali Bosh vaziri Abduvali Shayx Ahmadning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, Somali Pentagonga G’odanni topishda ko’maklashib, havo hujumiga ruxsat bergan.

"Milliy xavfsizlik vazirligi poytaxt Mogadishuda terror xurujlari ehtimoli haqida ogohlantirib, aholini hushyor bo’lishga chaqirgan. Chunki jangarilar o’ch olishga harakat qilishi mumkin", - deydi bosh vazir.